Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

«Atletiko» chempion bo‘l(adi)gan yil..

«Atletiko» chempion bo‘l(adi)gan yil..

Baho:
+ | -

Bu yil Diyego Simeonening “Atletiko”da ish boshlaganiga 10 yil bo‘ladi. U noyob shaxs. Fe’li va o‘zini tutishi, murabbiy sifatidagi tanlovlari o‘zgacha. Bu yil futbolchilari deyarli mukammal o‘yin ko‘rsatishmoqda. Lekin, nigohlar hali ham ularda emas. Ya’ni, ispan futbolining aksar muxlislari hali ham chempionlik “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi masala, deb hisoblashmoqda. Hozirgi “Atletiko” himoyasini yanada mukammallashtirgan va hujumida nihoyat muvozanatni topgan ko‘rinmoqda. 15 o‘yinda o‘tkazib yuborilgan 6 gol! Bor-yo‘g‘i 6 ta. Hujumda esa Suares-Felish bir-birini ko‘zni yumib topyapti.

Simeone klubi oxirgi marotaba La-ligada chempion bo‘lganda musobaqa intriga jihatdan cho‘qqisiga chiqqan. Quyidagi suratda 2013-14 yillar mavsumi 36-turidan keyingi turnir jadvalidagi holat aks etgan. Zo‘r! Shunday emasmi?!

Navbatdagi turda “Atletik Bilbao”ni o‘z uyida qabul qilishi kerak bo‘lgan madridliklar poyxtaxdagi noqulay ob-havo bois buni keyinroqqa qoldirishadi. Ammo, hech qisi yo‘q. Shu bahona ta’qibchilar yaqinlashib olish imkoniga egalar yakka peshqadamga, hatto, “Real” o‘z o‘yinida g‘alaba qozonsa bir ochkoga o‘tib ketishi ham mumkin.

Aytmoqchi bo‘lganim, bu mavsum yorqin “Atletiko” tufayli Laligada ham raqobat chikora emas.

Nima deysiz, yakunda qaysi klub chempion bo‘lar ekan?

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 16:35, 09.01.2021.
O'qildi: 5824 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик