Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya 4-3 Real Madrid
15/04 23:59 Arsenal 0-0 Sporting
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

«Shalke» Bundesligadagi 30ta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyaga chek qo‘ydi

«Shalke» Bundesligadagi 30ta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyaga chek qo‘ydi

Baho:
+ | -

«Shalke» klubi Germaniya chempionatining 15-turi doirasida «Xoffenxaym»ni qabul qilib, yirik hisobda (4:0) g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda Mettyu Xopp "xet-trik"ni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Xarit bitta gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa, gelzenkirxenliklar Bundesligada 30ta o‘yinga cho‘zilgan g‘alabasiz seriyaga chek qo‘yishdi. Jamoa so‘nggi marta 2020 yilning 17 yanvar kuni g‘alaba qozongan edi ("Borussiya M" ustidan — 2:0).

«Shalke» bugungi g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 7taga yetkazgan holda so‘nggi pog‘onani tark etib, 17-o‘ringa ko‘tarildi.

Germaniya chempionati, 15-tur
Shalke – Xoffenxaym 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 42 Xopp, 2:0 – 57 Xopp, 3:0 – 63 Xopp, 4:0 – 79 Xarit.
Shalke – Fermann, Bekker, Nastasich, Kabak, Kolashinas, Shopf (Raman, 68), Stambuli, Xarit (Kutuju, 88), Serdar, Ut (Ochipka, 73), Xopp (Tiav, 88).
Xoffenxaym – Baumann, Fogt, Posh, Bogarde, Gachinovich, Yon, Samasseku (Adams, 61), Baumgartner, Belfodil (Adamyan, 61), Kramarich, Bebu.
Ogohlantirishlar: Bogarde (13), Kabak (23), Kramarich (43), Gachinovich (50), Baumgartner (52), Ut (71).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:44, 09.01.2021.
O'qildi: 1723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик