Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Pioli: «Roma» — «Inter» bahsini albatta tomosha qilaman»

Pioli: «Roma» — «Inter» bahsini albatta tomosha qilaman»

Baho:
+ | -

«Milan» bosh murabbiyi Stefano Pioli Italiya chempionatining 17-turi doirasida «Torino»ga qarshi o‘yin (2:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Tan olaman, bu natija meni hayron qoldirmadi. Men bu yigitlarni yaxshi bilaman. «Yuventus»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin munosib javob qaytarishlarini kutgandim. Bahsning birinchi bo‘limi ajoyib o‘tdi. Ikkinchi taymda esa «Torino»ning bosimiga duch keldik.

Tonalli va Brahim Diasning jarohati? Hozircha menda ma’lumot yo‘q. Har ikki futbolchi yoqimsiz lat yeyishdi. Leauning keyingi o‘yinda ishtirok eta olmasligi meni g‘azablantirmoqda. Axir keyingi bahsni o‘tkazib yuborish xavfi ostida turgan futbolchi maydon markazida simulyasiya ishlatmaydi.

Ibrahimovichning mushagidagi jarohati ortda qoldi. Chorshanba kuni uni ko‘ramiz. Italiya kubogi bahsida qanday harakat qilarkan. Zlatanning tezroq formaga qaytishiga umid qilyapmiz.

Ertaga «Roma» — «Inter» bahsini albatta tomosha qilaman. Turnir jadvalidagi vaziyatdan kelib chiqib emas, ikki aqlli murabbiy o‘rtasida shunchaki yaxshi o‘yin bo‘lgani uchun uni ko‘raman», — dedi Pioli.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:40, 10.01.2021.
O'qildi: 3010 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик