Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Italiya futboli bo‘yicha ekspert: Eldor Shomurodovda «Yuventus» tizimiga mos tushish uchun barcha imkoniyat bor

Italiya futboli bo‘yicha ekspert: Eldor Shomurodovda «Yuventus» tizimiga mos tushish uchun barcha imkoniyat bor

Baho:
+ | -

«Kalyari» sobiq skauti va Italiya futboli bo‘yicha ekspert Aleks Velikix «Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodovga «Yuventus» tomonidan bo‘layotgan qiziqish haqida so‘z yuritdi.

— Shomurodov «Jenoa» asosiy tarkibida A Seriyada 6 ta o‘yin o‘tkazdi. Shundan kelib chiqib, unga «Yuventus»dan qiziqish bo‘layotganiga ishonish mumkinmi?

— Keling, jamoada Shomurodovga ikki nafar mahalliy raqobatchi borligini esdan chiqarmaymiz, bular — Mattia Destro va Janluka Skamakka. Aytgancha, Skamakka maydonda ko‘proq vaqt o‘tkazib Shomurodov bilan bir xil miqdorda (2 ta) gol urgan. Bundan tashqari Eldor A Seriyaga Rossiya chempionatidan yo‘l oldi, unga yangi musobaqaga moslashish qiyin kechgani tayin. Shomurodovda murabbiy ishonchi bor — u jarohatsiz holatda faqat bir marta maydonga tushmadi. U Italiya futboliga moslashishga urinayotgani ko‘rinib turibdi. Umuman olganda, «Yuventus» tomonidan qiziqish bo‘layotgani meni hayron qoldirmadi.

— Shomurodov va «Yuventus» haqida Tuttosport yozmoqda. Bu jiddiy manbami?

— Bu Turin nashri, uning jurnalistlari mahalliy jamoalar — «Torino» va «Yuventus»ga yaqin. «Yuve» Morataning jarohati sabab yangi markaziy hujumchi qidirayotgani hech kimga sir emas.

«Yuventus» va «Jenoa» o‘rtasida o‘ziga xos tarix bor — bu ikki klub so‘nggi yillarda juda yaxshi til topishib olgan. Ularning munosabatlarini inobatga olsak, «Jenoa» Shomurodovni yarim mavsumga ijaraga berishga rozi bo‘lishi mumkin. Avvalroq buning iloji yo‘q edi, biroq FIFA futbolchi bir yilda uchta klubda o‘ynashi mumkin emasligini borasidagi taqiqni olib tashlagan.

— Shomurodov «Yuventus» short-listida nechanchi tartib raqamida turibdi?

— U birinchi emasligi tushunarli, o‘ylashimcha, u 3-4-raqamda turibdi. Biroq har bir yangi rad javobi yoki muzokaralarning barbod bo‘lishi «Jenoa» hujumchisini «Yuventus»ga yaqinlashtiradi.

«Yuventus» va «Jenoa» o‘rtasidagi munosabatlarga qaytaman. Ayni vaqtda tomonlar uch futbolchi transferini amalga oshirish arafasida turibdi. Turindan Genuyaga ikki hujumchi o‘tishi kerak — Portanova va Petrelli, Rovella esa «Yuventus» o‘yinchisiga aylanadi, biroq u ijara asosida «Jenoa»da qoladi. Shu tariqa «Jenoa»da yetarli darajada hujumchi bo‘ladi va ular Shomurodovni yarim mavsumga ijaraga qo‘yib yuborishi mumkin. O‘ylashimcha, Shomurodovda «Yuventus» tizimiga mos tushish uchun barcha imkoniyat bor, — deydi Velikix.

Avvalroq Tuttosport nashri «Yuventus» o‘zbekistonlik futbolchiga qiziqish bildirayotgani va unga Alvaro Morataning o‘rinbosari sifatida qarayotgani haqida xabar qilgandi.

Qayd etish joiz, «Jenoa» Eldor Shomurodov transferini 2020 yil 4 oktyabrida e’lon qilgan. Genuyaliklar hujumchi uchun «Rostov»ga bonuslar bilan birga hisoblaganda 9 million yevro to‘lashi aytilgandi.

O‘zbekistonlik forvard «Jenoa» safida hozirga qadar 11 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:00, 10.01.2021.
O'qildi: 10709 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.