Parijliklar yarimhimoyachisi Yulian Draksler klubi safidagi o‘zining yubiley uchrashuvini o‘tkazdi.
Yulian kecha «PSJ»ning «Brest»ga qarshi bahsida maydonga tushdi hamda bu o‘yin uning uchun jamoa safidagi 100-o‘yin hisoblanadi.
Qayd etish kerak, Draksler fransuz klubi safida 2017 yildagi debyutidan buyon 13 gol va 19 assistni qayd etdi. Shuning bilan birga u 3 marta mamlakat chempionligini ham qo‘lga kiritgan.
Joriy mavsum esa Draksler 11 ta uchrashuvda maydonga tushib 2 gol muallifiga aylandi.