Madridning «Real» klubi Yurgen Klopp bilan hamkorlik qilish niyatida emasligi va buning sabablari ochiqlandi. OK Diario nashrining xabar berishicha, germaniyalik mutaxassisning ish uslubi klub talablariga javob bermaydi.
«Qirollik klubi»ning ish modeli murabbiy shaxsiyati emas, balki tarkib va sport rahbariyati atrofida qurilgan. Klopp esa, o‘z navbatida, jamoada to‘liq vakolatga ega bo‘lishga va loyihani qayta qurish uchun uzoq vaqt talab qilishga o‘rgangan.
Biroq, «Real» rahbariyati murabbiyga bunday keng vakolatlarni ham, uzoq muddatli vaqtni ham berishga tayyor emas. Klubning ichki tuzilmasi va ish yuritish tizimi boshqacha tartibda shakllangan.
Shu sababli, «Real Madrid» Yurgen Kloppni bosh murabbiy etib tayinlash g‘oyasidan butunlay voz kechdi. Klub o‘z qadriyatlariga va ishlash tizimiga mos keladigan boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqishda davom etadi.













