Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Yevropaning top klublari va ularning futbolchilari narxlari hisoblandi

Yevropaning top klublari va ularning futbolchilari narxlari hisoblandi

Baho:
+ | -

Niderlandiyaning KPMG auditorlik kompaniyasi moliyaviy tadqiqot o‘tkazib, Yevropa klublarida to‘p tepayotgan futbolchilarning narxini aniqladi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.

«Real»ning umumiy tarkibi 874,2 million yevroga baholandi. Madridliklarning eng qimmat futbolchisi sifatida yarim himoyachi Kazemiro tan olindi. Braziliyalik futbolchi 72,6 million yevroga baholandi. Undan keyin pog‘onalarni himoyachi Rafael Varan (70,2 million) va darvozabon Tibo Kurtua (67,9 million) band etishdi.

«Bavariya»ning barcha futbolchilari narxi esa 943,4 million yevroni tashkil qildi. Myunxenliklar safida yarim himoyachi Serj Gnabri eng qimmatbaho o‘yinchiga aylandi — 99,8 million yevro. Himoyachi Yozua Kimmix (98,3 million) va yarim himoyachi Leroy Sane (85,8 million) keyingi o‘rinlarni egallashdi.

«Yuventus»ning eng qimmat o‘yinchisi deya himoyachi Matteys de Ligt e’tirof etildi — 90 million yevro. Ikkinchi pog‘onani esa hujumchi Paulo Dibala (65,2 million) egallagan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu kuchli uchlikka kirdi (63,2 million). «Keksa sinyora»ning umumiy narxi 734,8 million yevroga teng bo‘ldi.

«Liverpul» tarkibi esa 1,094 milliard yevroga baholandi. Mersisaydliklar safida narxi baland futbolchi sifatida Muhammad Saloh tilga olindi — 122,2 million yevro. Misrlik futbolchi narx borasida Sadio Mane (120 million) va Trent Aleksander-Arnoldni (107,1 million) ortda qoldirdi.

Hujumchi Kilian Mbappe «PSJ»ning eng qimmatbaho o‘yinchisi deb e’lon qilindi — 200 million yevro. Hujumchi Neymarning narxi 125 million yevroga teng bo‘ldi. Bu borada Markinyos uchinchi o‘rinni egalladi — 59,9 million. Parijliklarning umumiy narxi 806,6 million yevroga baholandi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 20:53, 12.01.2021.
O'qildi: 4876 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.