Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Rasman: Shahzodbek Ubaydullayev — «Shaxtyor» (Soligorsk) o‘yinchisi

Rasman: Shahzodbek Ubaydullayev — «Shaxtyor» (Soligorsk) o‘yinchisi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumda o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari UYEFA chempionlari ligasida “Shaxtyor” (Soligorsk) klubiga muxlislik qiladigan bo‘lishdi.  Bekobodning “Metallurg” jamoasi hujumchisi va to‘purari Shahzodbek Ubaydullayev bugun Belarus chempioni – “Shaxtyor” klubi bilan shartnomani rasmiylashtirdi.

Belarus chempionatida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar soni yana bir nafarga oshdi. «Metallurg» klubining 22 yoshli hujumchisi 8 yanvar sanasida Belarusga uchib ketgandi. Ubaydullayev bo‘lg‘usi klubi qarorgohida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Kecha tomonlar bir to‘xtamga kelishdi hamda o‘zaro  shartnoma imzolandi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili mazkur klub sharafini o‘zbekistonlik boshqa bir o‘yinchi Jasur Yaxshiboyev ham himoya etgandi.

Eslatib o‘tamiz, Shahzodbek Ubaydullayev o‘tgan yili “Metallurg” tarkibida Superliganing 26 o‘yinida maydonga tushib, 8 ta gol urgandi. Bundan tashqari Shahzodbek Ubaydullayev 2020 yilgi mavsumdan e’tiboran O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari e’tiboriga tushdi. MTJning yig‘inlariga jalb etildi va uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushirildi. Shahzodbek o‘zining O‘zbekiston MTJ tarkibidagi debyut uchrashuvidayoq Tojikiston milliy terma jamoasi darvozasini ishg‘ol etgandi.

Shahzodbek Ubaydullayevga “Metallurg” tarkibidagi samarali mavsum uchun minnatdorchilik bildiramiz va “Shaxtyor” (Soligorsk) tarkibida Belarus chempionati hamda xalqaro maydonlarda omad yor bo‘lishini tilaymiz!

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 16:07, 13.01.2021.
O'qildi: 3311 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.