Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Diyor Imomxo‘jayev xatolardan xulosa chiqarmayotgan klublar haqida yozdi

Diyor Imomxo‘jayev xatolardan xulosa chiqarmayotgan klublar haqida yozdi

Baho:
+ | -

Hamma ham kuchli tahlilchi emas. Ammo istalgan odam ortga nazar tashlab, birlamchi xulosalar chiqarishi mumkin.

Futbol muxlislari turli savollar bilan murojaat qilishadi. Ularning hammasiga o‘z vaqtida javob berish uchun vaqt yo‘q, ammo hech bir savol baribir javobsiz qolib ketmaydi. Pandemiyadan keyin musobaqalarni yakunlash va mana endi yangisini boshlash arafasida ish ko‘p. Shuning uchun ham Futbol-TV bilan tanaffus yuzaga keldi. Hozir mavzu bu haqda emas. Mavzu — har qanday muxlis ortga nazar tashlab, bugun bo‘layotgan voqealarni muhokama qilib ko‘rishida. Bu esa ko‘plab savollarga javob topish imkonini beradi.

Birinchi navbatda o‘z jamoangiz mavsumni qanday yakunlagani haqida o‘ylab ko‘ring. Agar kattagina qarzdorlik qolib ketgan bo‘lsa, bu nimaning oqibatida kelib chiqqanini mushohada qiling. O‘tgan davr davomida jamoangiz poydevorni shakllantirishga ko‘proq urg‘u berdimi yoki asosiy jamoaning ligadagi o‘rni haqida ko‘proq o‘yladimi?

Jamoangiz safida to‘p surgan legioner futbolchilar siz kutgan natijani berdimi? Bermagan bo‘lsa bunga kim javobgar? Murabbiy yaxshi seleksioner bo‘lmasa, nimaga asoslanib o‘sha futbolchilar olib kelindi? Bu futbolchilar uchun qancha pul to‘landi-yu, futbol maktabiga, ya’ni, barchamizning farzandlarimizni tarbiya qiladigan makonga qancha sarflandi?

Qandaydir murabbiy jamoaga kelayotgan bo‘lsa, shu murabbiy avvalgi klublarida qanday ishlagandi va kimlar bilan ishlagandi? Ular birgalikda o‘sha jamoaga nima bergandi? Jamoangizga transfer taqiqi qo‘yilgan bo‘lsa, u qaysi asosda yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazyapti? Nahotki FIFA taqiqi bilan o‘ynashish mumkin bo‘lsa?

Siz necha yillardan buyon quyosh nurlari ostida futbol tomosha qilasiz? Nega jamoa muxlislarni yoki futbolchilarni o‘ylab, yoritish tizimini yaxshilash haqida o‘ylamayapti? Nega Nasaf, Lokomotiv, Paxtakor yoki Navbahor stadionida translyasiyalar chiroyli chiqadi, futbolchilar chiroyli futbol namoyish qiladi? Balki sizning jamoangiz ham maydon chimiga e’tibor qaratsa, sizda ham mana shunday hujumkor futbollarni ko‘rish imkoniyati oshmasmikin?

Biz o‘qiyapmiz, yig‘inlar boshlanyapti, yig‘inlarni hamma chiroyli bo‘lgani uchun emas, o‘z uyida sharoit kam bo‘lgani uchun poytaxtda o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin. Ertaga shu klublar maydoniga taqiq qo‘yilsa, ular biz stadionni yaxshilamagan edik demaydi, ular barcha barmoqlari bilan O‘zPFL manzilini ko‘rsatadi. Yig‘inlarda yana o‘sha notanish legionerlar. Vaholanki milliy terma darajasidagi murabbiylar ham ikki yildan buyon tuzukroq legionerni tanlolmaydi, biroq ularda asl jamoaga futbolchi tanlash imkoniyati bor.

Moziyga qaytib ish ko‘rish — xayrli. Bizga yillar davomida tariximiz bilan g‘ururlanishni o‘rgatishdi. Ammo biz tarix g‘ururlanish uchun emas, saboq chiqarish uchun ekanini hech tushunib yetmayapmiz.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 10:47, 15.01.2021.
O'qildi: 3131 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.