Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

ֿ«Jenoa» bosh murabbiyi: «Atalanta»ga qarshi o‘yin qiyin bo‘ladi, ammo biz osonlikcha taslim bo‘lmaymiz»

ֿ«Jenoa» bosh murabbiyi: «Atalanta»ga qarshi o‘yin qiyin bo‘ladi, ammo biz osonlikcha taslim bo‘lmaymiz»

Baho:
+ | -

Italiya A seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan «Atalanta» va «Jenoa» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan mehmonlar bosh murabbiyi Davide Ballardini quyidagi fikrlarni aytib o‘tdi.

"Atalanta" yaxshi holatda, ammo biz ham yomon ishlamayapmiz. Yigitlarning «Yuventus»ga qarshi o‘yinda munosib qarshilik ko‘rsata olgani ko‘rish yoqimli holat albatta. Bizga Bergamoda yana bir ajoyib o‘yin kerak bo‘ladi. Agar siz «Atalanta» bilan ularning Chempionlar Ligasi o‘yinidan keyin uchrashsangiz, ehtimol ularning kuchi 100 foizni tashkil etmaydi, ammo agar «Atalanta» xotirjamlik bilan uchrashuvlarni o‘tkazib, mashg‘ulotlarga e’tiborlarini qaratsa, yaxshi kuch va texnikaga ega bo‘lgan Italiyadagi eng yaxshi jamoalardan biri ekanligiga shubha yo‘q.

Tarkibimiz yanvar oyidagi transfer oynasida yarim himoyachi Kevin Strotman va himoyachi Jerom Onguan bilan kuchaytirildi. Ular kuchli ishtiyoq bilan kelgan futbolchilar, ulardagi o‘zini ko‘rsatish uchun bo‘lgan xohishning yuqoriligi juda foydali bo‘lishi mumkin. Men yangi futbolchilarimizni mashg‘ulotlarda faqat ikki marta ko‘rganman, ammo ular yaxshi formada va jismonan o‘ynashga tayyor ekanliklari ko‘rinib turibdi. Bugungi uchrashuvda ablatta bizga qiyin bo‘ladi, lekin biz ham osonlikcha taslim bo‘lmaymiz va raqibimizga yetarlicha qiyinchiliklarni tayyorlab qo‘yganmiz", — dedi Ballardini.

Manba: Football Italy
Kiritildi: 15:37, 17.01.2021.
O'qildi: 7143 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.