Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«PSJ» «Barselona» himoyachisini 25 million yevroga sotib olmoqchi

«PSJ» «Barselona» himoyachisini 25 million yevroga sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Huquqiy jihatdan Kataloniyaning «Barselona» klubiga tegishli bo‘lgan, ayni paytda faoliyatini «Betis» jamoasida ijara asosida o‘tkazayotgan himoyachi Emerson faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

22 yoshli braziliyalik futbolchiga «PSJ» klubi qiziqish bildirayotgani haqida Diario Sport xabar bermoqda. Parijliklar sport direktori Leonardo Emersonning transferi uchun «PSJ» 25 million yevro sarf qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

Biroq, agar ushbu bitim amalga oshadigan bo‘lsa, u holda «Barselona» ushbu transfer mablag‘iga to‘liq egalik qila olmaydi, chunki, «Betis» bilan kelishuvga ko‘ra, transferdan tushadigan mablag‘ning yarmini aynan "Betich" klubi oladi.

«Barselona» Emersonni o‘tgan yilning yanvar oyida 12 million yevroga sotib olgan. Biroq, braziliyalik himoyachi "Barselona" tarkibida bir marta ham maydonga tushmadi.

Kiritildi: 02:34, 20.01.2021.
O'qildi: 3393 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик