Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Lokomotiv» futzal klubi murabbiyi Farhod Mirahmedov bilan intervyu

«Lokomotiv» futzal klubi murabbiyi Farhod Mirahmedov bilan intervyu

Baho:
+ | -

Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 10-tur o‘yinlariga yakun yasaldi. Ushbu turda 2 durang va 1 g‘alabaga erishgan "Lokomotiv"ni boshqargan Farhod Mirahmedovdan intervyu oldik.

– Avvalo, ushbu tur oldidan bo‘lgan transferlar haqida gapirsangiz. Tarkibda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
– Tarkibimizga «Bunyodkor»dan hujumchi Jamoliddin Normirzayevni qo‘shib oldik. Shuningdek, ikkinchi darvozabonimiz juda yosh edi. Shu sababli, «Bunyodkor» darvozaboni Mirislom Miraliyevni tarkibga olib keldik. Undan tashqari, «Maxam-CHirchiq» tarkibida faoliyat olib borgan himoyachi Maksim Gulyayev ham jamoamizga keldi. U juda tajribali. Shu orqali jamoamizni kuchaytirib oldik.

Jamshid Rasulov jamoadan ketdi. U bunga qadar katta futbolda o‘ynagan va shu sababli uning moslashishi uchun vaqt kerak edi. Agarda hamma futbolchilarga shunday vaqt beriladigan bo‘lsa, oldimizga qo‘yilgan vazifalarni bajara olmaymiz. Mirzoxid Xaydarxo‘jayev hamda Xayrulla Solihovlar boshqa jamoaga borib, o‘sish, rivojlanishni istayotganini aytdi. Aslida ular ikkalasi ham mavsumni yaxshi boshlagandi. Keyin birdaniga o‘yinlari ortga qarab ketdi. Mendan ruxsat so‘rashdi. Ularga o‘zlari istaganidek javob berdim.

– 10-tur haqida gapirsangiz. Chiroyli o‘yinlar bo‘ldi, ko‘plab gollar urildi, 2 durang va 1 g‘alaba qayd etildi.
– Birinchi o‘yin doimo qiyin bo‘lgan. Menimcha yigitlar o‘yindan oldin g‘alabaga ko‘proq ishonib yuborishdi shekilli, o‘yin davomida juda qiynalib qolishdi. Kutilmagan holatlar ko‘p bo‘ldi. Shunda ham jamoam harakat qildi. Bir daqiqada uchta gol urishdi. 1 ochko bilan o‘yinni yakunladik. Ushbu bahsdan keyin yigitlarga anchagina tanbex berdim. Shu sababdan ular «Huaxin-Jizzax»ga qarshi bahsda o‘zlarini ko‘rsata olishdi. Biroz omadimiz kelmadi. Chunki o‘yin shunday bo‘ldiki, yutib ketishimiz ham mumkin bo‘lib turgandi. Bu jamoa bekorga 3-o‘rinda emas, tarkibi juda kuchli, terma futbolchilari talaygina. Shuningdek, bosh murabbiy ham termada yordamchi murabbiy sifatida ishlaydi. Shunday bo‘lsada, yigitlarim yaxshi o‘ynab, raqiblarini qiynab qo‘ydi, menimcha buni hech kim kutmadi. Shu tempda peshqadam jamoalarni ham yuta olamiz. Jamoani yaxshigina kuchaytirib oldik. Yigitlardan ko‘nglim xotirjam. Bugungi o‘yindan oldin berilgan ko‘rsatmalar to‘liqligicha bajarildi va mana uchrashuvni yutib oldik.

– 2020 yilgi mavsum «Lokomotiv» uchun og‘ir keldi. Asosiy, yoshlar jamoamiz ham o‘zini ko‘rsata olmadi va o‘ziga munosib bo‘lmagan o‘rinlarda qayd etildi. Futzal jamoamizning ushbu mavsumda tarkibi yoshargani hisobiga yuqori o‘rinlarda bo‘la olmayapti, desak bo‘ladimi?
– Pandemiya barchani qiynalib qoldi. Ayni damda 7-o‘rinda bo‘lsak, bir yoki ikki g‘alaba orqali 4-5-o‘rinlarga chiqib olsak bo‘ladi. Jamoalar turnir jadvalida juda zich joylashgan. To‘g‘risini aytganda, yangi futbolchilar juda ko‘p. Ularni jamoa g‘oyalariga singdirib olguncha vaqt ketib qoldi. Har kunlik mashg‘ulotlar orqali futbolchilar bir-birini tushunib olishi jihatlarini kuchaytirib boryapmiz. Nasib qilsa, buyog‘iga oldin urilmagan gollarni qo‘shib urib tashlaymiz. Shu orqali klub rahbariyatini ham xursand qilib, g‘alabalar qo‘lga kiritishga intilamiz.

– Barchani qiziqtirayotgan savol: Ahad Yusupovni nega ko‘rmayapmiz?
– Ahad Yusupov ayni damda davolanmoqda. Shu sababdan ular menga jamoani tashlab ketdilar, men ham ularning yo‘qligini bildirmaslikka harakat qilyapman. Bu turdan ko‘nglim to‘q. Faqatgina birinchi o‘yinda biroz qiynaldik, durang o‘ynab qo‘ydik. Qolgan ishlar esa barchasi joyida.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 20:17, 20.01.2021.
O'qildi: 3376 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.