Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Lutfulla To‘rayev: «Farg‘onaga kubok uchun keldik»

Lutfulla To‘rayev: «Farg‘onaga kubok uchun keldik»

Baho:
+ | -

Bugun "Bunyodkor" «Hokim Kubogi»da dastlabki o‘yinini o‘tkazadi. Musobaqa oldidan "Qaldirg‘ochlar" sardori Lutfulla To‘rayevning fikrlari bilan qiziqdik.

- Bu kabi turnirda birinchi marta qatnashyapman. Shaxsan menga «Hokim Kubogi» musobaqasi qiziq ko‘rinyapti. Kecha mashg‘ulotdan oldin murabbiyimiz Marat Valentinovich bir yaxshi gapni aytdi. Qanday turnirga kelishingdan va raqibing kim bo‘lishidan qat’iy nazar, ijobiy natija bilan ortga qaytish kerak. Musobaqaga uzoq masofadan yo‘l bosib kelib, shunchaki qaytib ketish kerak emas. Shuning uchun biz ham Farg‘onaga shunchaki kelmadik. Musobaqada qatnashib, kubok bilan ortga qaytishni maqsad qilganmiz va albatta buning uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz, mehnat qilamiz. Futbolchilarning kayfiyati a’lo darajada. Mashg‘ulotlarni boshlaganimizga uch hafta bo‘ldi. Bir-birimizni to‘liq tushunib olishimiz va kuchli jamoaga aylanishimiz uchun bu muddat kifoya deb o‘ylayman. Professional futbolchiga raqibning ahamiyati bo‘lmasligi kerak. Bu hammaga tegishli gap, shu qatorda bizga ham.  Nasib, hammasi yaxshi bo‘ladi va o‘ylagan niyatimizga yetamiz. 

Manba: fcbunyodkor.com

Kiritildi: 07:54, 24.01.2021.
O'qildi: 2210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик