Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

UFC 257. Dastin Porye 2-raunddayoq Konor Makgregorni dahshatli nokautga uchratdi (video)

UFC 257. Dastin Porye 2-raunddayoq Konor Makgregorni dahshatli nokautga uchratdi (video)

Baho:
+ | -

Abu-Dabidagi (BAA) «Jangchilar oroli»da Toshkent vaqti bilan 24 yanvar tongida UFC 257 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning asosiy jangi Konor Makgregor va Dastin Porye o‘rtasida kechdi. Birinchi raund kutilganidek Makgregorning ustunligi ostida kechdi. Biroq ikkinchi raundda Porye faollik qo‘shdi va zarbalar seriyasini ijro etdi. Ketma-ket zarbalardan keyin hakam jangni to‘xtatdi va texnik nokaut qayd etdi. Shu tariqa Porye Konordan revansh olishga muvaffaq bo‘ldi.

Yana bir asosiy jang Bellator’ning sobiq yulduzi Maykl Chendler va tajribali Den Huker o‘rtasidagi kechdi. Chendler UFC’dagi debyut jangining birinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi.

Asosiy kardning yana bir jangida o‘zbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodov amerikalik Endryu Sanchesga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Murodov uchinchi raundda raqibini nokautga uchratib, promoushendagi uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

UFC 257 musobaqasi natijalari bilan tanishing:

Asosiy kard:

— Dastin Porye (27-6) ikkinchi raunddagi texnik nokaut evaziga Konor Makgregorni (22-5) mag‘lubiyatga uchratdi;

— Maykl Chendler (22-5) birinchi raunddagi texnik nokaut evaziga Den Hukerni (20-10) mag‘lub etdi;

— Joann Koldervud (15-5) ochkolar hisobiga ko‘ra Jessika Aydan (15-9) ustun bo‘ldi;

— Mahmud Murodov (25-6) uchinchi raunddagi texnik nokaut evaziga Endryu Sanchesni (12-6) mag‘lub etdi;

— Marina Rodriges (22-1-2) ikkinchi raundda Amanda Ribasni (10-2) nokautga uchratdi.

Prelim kard:

— Arman Sarukyan (17-2) ochkolar hisobiga ko‘ra Mett Frevolani (8-2) yengdi;
— Bred Tavares (18-6) ochkolar hisobiga ko‘ra Antonio Karlos Juniordan (10-5) ustun keldi;
— Xulianna Penya (11-4) uchinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab Sara Makmanni (12-6) taslim etdi;
— Marsin Praxnio (14-5) ochkolar hisobiga ko‘ra Halil Rauntrini (9-6) yengdi;
— Movsar Yevloyev (14-0) ochkolar hisobiga ko‘ra Nik Lensni (30-12-2) mag‘lub etdi;
— Amir Albazi (14-1) ochkolar hisobida Jalgas Jumagulovdan (13-5) ustun keldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:21, 24.01.2021.
O'qildi: 8071 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.