Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Karim Benzema faoliyatini qaysi klubda yakunlaydi? Futbolchining agenti javob berdi

Karim Benzema faoliyatini qaysi klubda yakunlaydi? Futbolchining agenti javob berdi

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Karim Benzemaning agenti Karim Jaziriy 33 yoshli futbolchi faoliyatini qaysi jamoada yakunlamoqchi ekani haqida fikr bildirdi.

"Benzema «Lion»ga qaytadimi? Ha, o‘ylashimcha, shunday bo‘ladi. U men bilan muntazam bu haqida suhbatlashadi va jamoaning barcha o‘yinini kuzatib boradi. U hech qachon «Stad de Lyumyer»da bo‘lmagan. Lion — uning qalbida", — dedi Karim Jaziriy.

Benzema «Lion» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2005—2009 yillar mobaynida fransuz klubida o‘ynagan va shundan keyin 35 million yevro evaziga madridliklar safiga o‘tgan.

Karim 2020/21 yilgi mavsumda «Real»ning 24 o‘yinida qatnashib, 15 gol va beshta golli uzatma muallifiga aylandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:45, 26.01.2021.
O'qildi: 3896 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик