Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 0-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Morata, Edegor, Genduzi. Top-5 ligalar klublarida ijara asosida o‘ynayotgan eng qimmat futbolchilar

Morata, Edegor, Genduzi. Top-5 ligalar klublarida ijara asosida o‘ynayotgan eng qimmat futbolchilar

Baho:
+ | -

Transfermarkt portali ayni vaqtda top-5 ligalarda ijara asosida harakat qilayotgan eng qimmat futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.

Birinchi pog‘onada «Yuventus»da ijara asosida harakat qilayotgan «Atletiko» hujumchisi Alvaro Morata qayd etildi. Keyingi o‘rin ham «Yuventus»da to‘p tepayotgan Federiko Kyezaga («Fiorentina») tegishli bo‘ldi.

27 yanvar kuni «Real»dan «Arsenal» safiga yo‘l olgan Martin Edegor esa kuchli uchlikka yakun yasadi.

Qayd etish lozim, mazkur ro‘yxatdagi aksariyat futbolchilarni jamoalar sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan.

Top-10 lik bilan tanishing:

1. Alvaro Morata («Atletiko M»dan «Yuventus»ga) — 50 million yevro;
2. Federiko Kyeza («Fiorentina»dan «Yuventus»ga) — 48 mln yevro;
3. Martin Edegor («Real Madrid»dan «Arsenal»ga) — 40 mln yevro;
4. Sandro Tonali («Breshiya»dan «Milan»ga) — 32 mln yevro;
5. Mateo Genduzi («Arsenal»dan «Herta»ga) — 32 mln yevro;
6. Dani Sebalyos («Real Madrid»dan «Arsenal»ga) — 32 mln yevro;
7. Moyze Kin («Everton»dan PSJga) — 30 mln yevro;
8. Mussa Dembele («Lion»dan «Atletiko M»ga) — 30 mln yevro;
9. Teemu Bakayoko («Chelsi»dan «Napoli»ga) — 30 mln yevro;
10. Lukas Torreyra («Arsenal»dan «Atletiko M»ga) — 28 mln yevro;

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:00, 28.01.2021.
O'qildi: 5490 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик