Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Marat Miftaxuddinov: «Kuchlilar saralanmoqda»

Marat Miftaxuddinov: «Kuchlilar saralanmoqda»

Baho:
+ | -

«Hokim Kubogi»ning guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan «Neftchi-2» - «Bunyodkor» (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Marat Miftaxuddinovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Bugun ikki xil darajadagi jamoalar o‘ynadi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda bo‘limda bu yaqqol sezildi. «Neftchi»ning yosh o‘yinchilari jiddiy qarshilik ko‘rsatishga harakat qildi. Raqib aralash tarkibdan foydalanmasligini bilgan holda biz ham tajribali o‘yinchilarni zaxirada qoldirdik. Tanaffusda tajribali futbolchilarni maydonga tushirdim. Bu birinchi daqiqadayoq o‘z natijasini berdi va gol urdik. Shundan so‘ng yigitlarda qandaydir xotirjamlik yuz berdi. To‘g‘ri, ustunlik, to‘p nazorati baribir biz bo‘ldi, biroq yosh futbolchilar ko‘proq yugurishdi. Xotirjamligimizni jazolashga harakat qilishdi. Lekin yakunda g‘alaba qozondik.

Endi chorak finalda maydonga chiqamiz. Bu bosqichdagi raqibimiz Qirg‘iziston jamoasi. «Nur Batken» haqida ma’lumotga ega emasman. O‘ylaymanki, uchrashuv oson o‘tmaydi. Futbolchilarimiz jiddiy raqibga qarshi boshqacharoq o‘yin namoyish etayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, chorak finalda ham chiroyli futbol ko‘ramiz. O‘zi aslida bu yog‘iga faqat kuchlilar qolishda davom etadi.

Kiritildi: 17:38, 28.01.2021.
O'qildi: 1819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик