Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Prevyu: “Spartak” – “Paxtakor”

Prevyu: “Spartak” – “Paxtakor”

Baho:
+ | -

“Sherlar” 30 yanvar kuni nazorat uchrashuvida Dubayda “Spartak” bilan maydonga tushadi.

Rasmiy o‘yinlarda oxirgi marta "Paxtakor" "Spartak" bilan 1991 yil 19 oktyabr kuni SSSR chempionati doirasida to‘qnash kelib, Andrey Pyatniskiyning yagona goli evaziga g‘alaba qozongan.

O‘tgan yili fevral oyida, Moskvada jamoalar "Otkritiye Arena" stadionida o‘rtoqlik bellashuvida ishtirok etishgandi. Ushanda "Spartak" 4:0 hisobida zafar quchgandi.

Rasmiy o‘yinlar toifasida “Paxtakor” moskvaliklar bilan 47 bor uchrashuv o‘tkazgan. Ularning 8 tasida “Sherlar” g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 18 bor tomonlar durang natija qayd etishgan. 21 marta “Spartak” zafar quchgan.

“Paxtakor” raqib darvozasiga 43 to‘p kiritgan bo‘lsa, Moskva jamoasi 78 bor gol urishni uddalagan. “Spartak” o‘z tarixida 12 bor SSSR chempionati, 10 marta SSSR Kubogi, 10 marta Rossiya chempionati va 3 bor Rossiya Kubogini qo‘lga kiritgan. Ayni paytda jamoani germaniyalik mutaxassis Domeniko Tedesko boshqarmoqda.

“Spartak” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi nazorat bahsi 30 yanvar, shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da Dubaydagi "Jebel Ali" majmuasi maydonida boshlanadi.

Manba: @pakhtakor_fc
Kiritildi: 10:57, 29.01.2021.
O'qildi: 4243 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик