Madridning «Real» klubi qiziqish markazida bo‘lib turgan «Renn» yarimhimoyachisi Eduardo Kamavinga jamoasi bilan yangi shartnoma imzolash niyatida.
L'Equipe ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi jurnalistlarning klubda qolasizmi? - degan savoliga «ha» - deya javob qaytargan. Aniq shartnoma muddati e’lon qilinmagan bo‘lsada endi «Real»ning Kamavinga borasidagi rejalari amalga oshmaydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Eduardo joriy mavsum «Renn» safida 23 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol muallifiga aylangan.