Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

AGMK nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi

AGMK nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Bugun AGMK jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik yig‘ini doirasidagi ilk nazorat bellashuvida Termizning "Surxon" jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Do‘rmondagi qarorgoh maydonida o‘tgan uchrashuvda jamoamiz har ikkala taymni ikki xil tarkibda o‘tkazdi. Birinchi bo‘limda asosan asosiy tarkib futbolchilari to‘p tepgan bo‘lsa, ikkinchi taymda ko‘proq yoshlarga imkoniyat berildi.

Uchrashuv jamoamizning to‘liq tashabbusi va ustunligi ostida kechdi. Birinchi taymda G‘ofurov, Kasyan, Shoahmedov va Murod Toshmatov xavfli vaziyatlarni vujudga keltirishdi. Biroq oxirgi zarbada ba’zan aniqlik, aksariyat vaziyatda esa raqib posboni to‘p yo‘liga g‘ov bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda ham jamoamiz ustunligi davom etdi va hujumlar tashkil etishda ham AGMK faollik ko‘rsatdi. Uchrashuvning 75-daqiqasida o‘ng qanotdan rivojlantirilgan hujumni Eldor Begimov jarima maydonchasiga oshirdi, Sardor Abdunabiyev esa boshi bilan to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi. O‘yin finishiga yaqin esa Sardor Abdunabiyev markazdan rivojlantirilgan hujumni aniq zarbasi orqali golga aylantirib, bellashuvda dubl qayd etdi va uchrashuvda yakuniy hisobni o‘rnatdi - 2:0.

Yoshlar jamoasidan jalb etilgan iqtidorlar bugungi bahsda o‘zlaridan yorqin taassurot qoldirishdi.

AGMK joriy yildagi ilk norasmiy uchrashuvda AGMK ishonchli g‘alaba tarzda g‘alaba qozondi.

Nazorat uchrashuvi.
29 yanvar, juma.
AGMK - "Surxon" 2:0
Gollar: Sardor Abdunabiyev (75, 90)

AGMK (1-taym): Suhrob Sultonov (Botirali Ergashev, 30) - Mirg‘iyos Sulaymonov, Abbos Otaxonov, Sardor Rahmonov, Ergash Ismoilov - Yovan Jokich, Sanjar Tursunov, Sanjar Shoahmedov - Murod Toshmatov, Aleksandr Kasyan, Husniddin G‘ofurov.

AGMK (2-taym): Botirali Ergashev (Valijon Rahimov, 60) - Dilshod Ahmadaliyev, Bobur Yo‘ldoshev, Jasur Umarov, Sheroz Jalolov - Dilshod Jo‘rayev, Bunyod Turg‘unboyev, Sarvar Ablayev - Eldor Begimov, Kamron Abdulhamidov, Sardor Abdunabiyev.

Kiritildi: 17:09, 29.01.2021.
O'qildi: 2598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.