Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Nurillo To‘xtasinov: «Shu yergacha keldikmi, ortga qaytish yo‘q»

Nurillo To‘xtasinov: «Shu yergacha keldikmi, ortga qaytish yo‘q»

Baho:
+ | -

«Bunyodkor» «Hokim Kubogi-2021»ning eng kuchli to‘rt jamoasidan biri bo‘lib turibdi. Ertaga final yo‘llanmasi uchun Farg‘onaning «Neftchi» klubiga qarshi maydonga tushadigan «qaldirg‘ochlar»dan biri Nurillo To‘xtasinovning fikrlari bilan qiziqdik.

- «Hokim Kubogi» musobaqasi biz uchun yangi mavsumga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beryapti. Garchi turnirni nisbatan omadsizroq boshlagan bo‘lsak-da, 2-turdayoq o‘z o‘yinimizni topib oldik va guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunladik. Guruh uchrashuvlarida o‘yinimizni qovushmaganini maydonning holati bilan ham bog‘lagan bo‘lardim. Zero, biz paslarga asoslangan o‘yin namoyish qilamiz. Tabiiyki, bunday o‘yin ko‘rsatish uchun tekis maydon kerak bo‘ladi. Shu tomondan maydonga moslashish va o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz biroz qiyin kechdi.

Raqibga nisbatan hurmatni saqlagan holda aytishim kerak, chorak finaldan nisbatan osonlik bilan o‘tdik. Bu natijada ham o‘z aksini topdi. Endi yarim finalda rostakamiga jiddiy raqibga qarshi maydonga chiqamiz. «Neftchi» musobaqaga g‘olibi bo‘lishga asosiy da’vogar jamoa. Lekin biz ham shu yergacha keldikmi, ortga qaytish yo‘q. Qolaversa, maydonlarga moslashib ulgurdik. O‘ylaymanki, o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olsak, final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olamiz.

Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати
Kiritildi: 15:36, 31.01.2021.
O'qildi: 2715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик