Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Diyor Imomxo‘jayev Reglamentga kiritilayotgan o‘zgarishlari haqida

Diyor Imomxo‘jayev Reglamentga kiritilayotgan o‘zgarishlari haqida

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futbolchilar maqomi va transferi bo‘yicha reglament qoidalari qat’iy ishlashiga erishsak, futbolimizdagi ko‘p masalalar tartibga keladi.

Aynan shu reglament bilan bog‘liq siz bilgan eng katta muammo Aziz Turg‘unboyev, Navbahor va Paxtakor o‘rtasida yuzaga kelgandi. O‘zbekiston klublari ustidan FIFAga arz qilayotgan legioner futbolchilar ham aynan shu reglament qoidalaridan kelib chiqadi. Futbolchining termalarga qay tartibda yetib kelishi va yetib kela olmasa nima bo‘lishi ham shunda mujassam.

Bizda murabbiylar orasida "nadbavka" degan tushuncha bor. Siz bilgan ko‘tarma pullari klub va futbolchi munosabatlariga qanday ta’sir ko‘rsatsa, nadbavka tushunchasi bolalar futbolining oyog‘iga shunchalik bolta uradi. Bunda bolalar murabbiyi o‘z maoshini ko‘tarib olishi uchun ma’lum musobaqada natija ko‘rsatishi talab etiladi. Oqibatda murabbiy natija yo‘lidan hamma ishni qilib ko‘radi: katta futbolchi xizmatidan foydalanadi, raqib jamoa bilan kelishadi, hakamga tayanmoqchi bo‘ladi va hokazo.

Biz aytayotgan reglamentda esa bolalar murabbiylarini rag‘batlantirishning eng oddiy formulasi mavjud. Bunda mutaxassis 12 yoshli bolalar jamoasini olib, shu jamoani bolalar 17 yoshga yetgunicha boshqarishi shart emas. Bu eskirgan tizim. Faqat bir murabbiy bilan cheklangan bola, futbolga faqat shu murabbiyning ko‘zlari bilan qarashi katta ehtimol. Biz har bir yoshga ixtisoslashgan murabbiylar maktabini shakllantirishga o‘tishimiz kerak. Shunda bola turli murabbiylardan turli sir-asrorlarni o‘rganishi mumkin, unda solishtirish va tanlash hissi tabiiy ravishda shakllanib boradi.  

Aytaylik, 12 yoki 13 yoshli murabbiyda tarbiyalanuvim katta bo‘lsa, uni men sota olmayman degan o‘kinch bo‘lmasligi shart. Aslida murabbiylar umuman bu ish bilan shug‘ullanishi taqiqlanadi. Futbolchi transferi uni tarbiya qilayotgan futbol maktabi yoki klub tomonidan kelishilishi, pul ham aynan uning hisob raqamiga tushishi shart, boshqaning cho‘ntagiga emas. Va mana shu futbolchining ortidan keladigan har qanday summaning ma’lum qismi, futbolchi pasportida ko‘rsatib o‘tilgan murabbiylar o‘rtasida taqsimlanishi lozim.

Yanada soddaroq tushuntiraman. Tasavvur qiling, Odil Ahmedovni 12 yoshidan 18 yoshigacha olti murabbiy shug‘ullantirdi, deylik. Demak, Odil Ahmedovning futboldagi pasportida har bir yil yonida murabbiy ismi-sharifi ko‘rinadi va u klubi tomonidan tasdiqlanadi. Keyinchalik Ahmedov Anjiga sotilsa, transfer summasi klubga tegishli bo‘ladi. Shuningdek, mashg‘ulot kompensasiyasining ma’lum qismi ham klubniki, qolgan ma’lum qismi esa yuqoridagi olti murabbiy o‘rtasida taqsimlanadi. Ahmedov keyinroq Krasnodarga, Shanxayga va yana boshqa klubga sotilsa, futbolchining ortidan kelayotgan birdamlik mexanizmining ma’lum qismi ham murabbiylarga tomib turadi. Ya’ni, futbolchini 13 yoshida mehr berib shug‘ullantirgan murabbiy hattoki nafaqaga chiqqan taqdirida ham, Ahmedovning har bir transferida o‘z ulushi bor ekanini aniq bilib turadi. Biz buning fonida sekin-asta nadbavkani yo‘qotishimiz, bolalarni natija uchun emas, sifat uchun shug‘ullantirishga erishishimiz kerak.    

Shuningdek, 2021 yildan boshlab O‘zPFL ilk mehnat shartnomasini tuzayotgan har bir futbolchining tarixini shakllantiradi va uning mashg‘ulot kompensasiyasini hisoblash uchun futbol maktablariga ko‘mak beradi. Ya’ni, klublar o‘zlari tarbiya qilmagan iqtidor bilan o‘g‘rincha shartnomalarni osongina tuzib olishmaydi. Endi futbol maktablari o‘z tarbiyalanuvchilari uchun mashg‘ulot kompensasiyasi ishlashlari uchun yo‘l ochiladi. Pirovardida har bir klub o‘z futbol maktabi bo‘lishi o‘zi uchun eng foydali yo‘l ekanini tushunib yetadi.

Albatta oson bo‘lmaydi, qarshiliklar ko‘p bo‘ladi. Va biz ham katta maqsadlarga oson erishilmasligini yaxshi tushunib turibmiz.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 18:20, 01.02.2021.
O'qildi: 2665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.