Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Hokim kubogi-2011. «Istiqlol» penaltilar seriyasida «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi

Hokim kubogi-2011. «Istiqlol» penaltilar seriyasida «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

"Viloyat hokimi kubogi-2021" musobaqasining yarim finalida «Qo‘qon-1912» “Istiqlol” klubiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv kutilganidek shiddatli hujumlar ostida boshlandi.

Qo‘qonliklarning ilk hujumi xavfli ko‘rinish oldi. "Qo‘qon-1912" 11-daqiqada jarima to‘pi tepish huquqiga ega bo‘ldik. Muhammadanas Hasanovning zarbasi aniq bo‘ldi. Raqib posboni to‘pni katta qiyinchilik bilan bartaraf etdi. 16-daqiqada "Istiqlol" hisobni ochdi. Elyor Mamasoliyev yuzaga kelgan imkoniyatdan unumli foydalanib, raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

26-daqiqa hisob tenglashdi. Sardor Azimovning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi raqib posbonini ojiz qoldirdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Oybek Rustamov raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Goldan ruhlangan Ashurmatov shogirdlari bir necha bor “Istiqlol” darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ammo tanaffusga qadar hisob o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘lim ham xuddi birinchisi kabi shiddatli hujumlar ostida boshlandi. Har ikki jamoa ilk daqiqalardan hujumkorlikka zo‘r berishdi. 65-daqiqada qo‘qonliklara yaxshi vaziyatga ega bo‘lishdi. Sobit Sindarovning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, muhammadanas Hasanovning zarbasi biroz noaniq bo‘ldi.

72-daqiqada "Istiqlol" hisobni tenglashtirishdi. Davron Isaqov gol muallifiga aylandi. 86-daqiqada "Qo‘qon" jarima to‘pi tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Murod Xolmuhammedovning kuchli zarbasini raqib posboni katta qiyinchilik bilan bartaraf etdi. So‘nggi daqiqada Xolmuhammedov o‘yinga nuqta qo‘yishi mumkin edi. Uning jarimadan yo‘llagan zarbasini Turdaliyev mahorat ko‘rsatib qaytarib qoldi.

Reglamentda pley-off bosqichida o‘yinning asosiy vaqti durang bilan yakunlansa, penaltilar seriyasiga murojaat qilinishi belgilab qo‘yilgandi. Shuning uchun futbolchilar darhol penaltilar seriyasini boshlab yuborishdi. Penaltilar seriyasida “Istiqlol” jamoasi g‘alaba qozondi – 5:3 va finalga yo‘llanma oldi. Finalda "Bunyodkor" va "Istiqlol" uchrashadigan bo‘ldi.

"VILOYAT HOKIMI KUBOGI- 2021"
YARIM FINAL
«Istiqlol» - «Qo‘qon-1912» - 2:2 (1:2). Penaltilar seriyasi – 5:3.
Gollar: Elyor Mamasoliyev(16), Davron Isaqov (72).  -   Sardor Azimov(26), Oybek Rustamov (27)
“Qo‘qon-1912”: 21. Muzaffar Abdullayev, 3. Bobur Akbarov, 7. Shohnazar Norbekov, 13. Sardor Azimov, 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 15. Oybek Rustamov, 20. Iqbol Malikjonov, 22. Muhammadanas Hasanov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 70. Murod Xolmuhammedov, 99. Mo‘min Meliyev.
Zaxira: 16. Eldor Adhamov, 46. Xurshid Xo‘jayev, 4. Sobit Sindarov, 5. Sardor Yetovqo‘ziyev, 10. Rustam Abduhamidov, 17. Shohruh Xolmatov, 19. Farhod Bekmurodov, 37. Muhsin Normatov.
“Istiqlol”: 45. Farrux Turdaliyev, 2. Ahror O‘ktamov, 5. Abduholiq Qurbonov, 6. Mansur Saidov, 8. Sardor Sotvoliyev, 9. Pavel Smolyachenko, 10. Davron Isaqov, 11. Shoxrux Boyqo‘ziyev, 17. Anvar Hojimirzayev, 20. Dilyor Irmatov, 27. Elyor Mamasoliyev.
Zaxira: Ulug‘bek Abdullayev, 4. Iqbol Boboxonov, 13. Asilbek Alixonov, 14. Ilhom Vahobov, 15. Muydin Mamazulunov, 19. Xushnud Bozorov, 23. Doston O‘rinboyev, 26. Rahmatillo O‘ktamov, 29. Mirjajol Ne’matov.
Hakamlar:Erlon Norboyev (Osh), Shohruh A’zamov (Farg‘ona), Ismoil Tolibjonov (Osh), Azizbek Ishaqov (Farg‘ona).
Nazoratchi: Xakimjon Fayziyev.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 20:35, 01.02.2021.
O'qildi: 1955 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.