Italiyalik murabbiy Maurisio Sarri Fransiyaning «Marsel» klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda Italiya matbuoti xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Marsel" rahbariyati bugun jamoa bosh murabbiyi Andre Villash-Boash bilan xayrlashdi. Shu sababli, klub rahbariyati yangi murabbiy izlamoqda.
Manbaning yozishiga qaraganda, Sarri mavsum mobaynida qandaydir jamoani boshqarishni rejalashtirmagan. U joriy mavsum yakuniga yetgach, yangi mavsum avvalidan biror bir jamoani boshqarish niyatida.