Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Eldor Shomurodov ikkita ko‘rsatkich bo‘yicha «Jenoa»da eng yaxshi bo‘lib turibdi

Eldor Shomurodov ikkita ko‘rsatkich bo‘yicha «Jenoa»da eng yaxshi bo‘lib turibdi

Baho:
+ | -1

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov «Jenoa»ning asosiy futbolchilaridan biriga aylanishga ulgurdi.

A Seriya 20-turiga kelib Shomurodov jami 14 o‘yinda qatnashdi. Ularda ikkita gol va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Eldor golli vaziyatlar yaratish borasida genuyaliklar safida eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etmoqda. 25 yoshli futbolchi shu vaqtga qadar 13 marta raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat yaratdi. Bu borada keyingi o‘rinlarda Janluka Skamakka (10) va Mattia Destro (9) bormoqda.

Shuningdek, Shomurodov golga olib kelgan hujumlarda muhim uzatmalarni ijro etishda ham yetakchi bo‘lib turibdi — 6 ta. Bu borada o‘zbekistonlik iqtidor egasi Luka Pellegrini, Milan Badel, Skamakka va Paolo Gilyone (5 tadan) kabi o‘yinchilarni ortda qoldirmoqda.

«Jenoa» 21 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda, «grifonlar» keyingi tur o‘yinini 6 fevral kuni «Napoli»ga qarshi o‘tkazadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:18, 03.02.2021.
O'qildi: 12232 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик