Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Sanjar Shoahmedov AGMKga qaytdi

Sanjar Shoahmedov AGMKga qaytdi

Baho:
+ | -

AGMK jamoasi seleksiya ishlarini jadallik bilan davom ettirmoqda va klub navbatdagi transferga qo‘l urdi.

Katta futbolda aynan Olmaliqda muvaffaqiyat qozongan va nom taratgan tajribali futbolchi Sanjar Shoahmedov ma’lum tanaffusdan so‘ng yana jonajon jamoasiga qaytdi.

O‘tgan mavsumni Malayziyaning "Terengganu" safida o‘tkazgan mahorat sohibi endilikda yana jamoamiz a’zosiga aylandi. Klub Sanjar Shoahmedov bilan 2021 yil yakuniga qadar shartnoma imzoladi.

Sanjar Shoahmedov 1990 yil 23 sentyabrda tavallud topgan. 2010-2014 yillar davomida AGMK sharafini himoya qilgan hamda 2015-2016 va 2017-2018 yillar mobaynida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasida o‘ynab, klubning muvaffaqiyatli mavsumlarida chempionlikni qo‘lga kiritilishida katta hissa qo‘shgan. 2017 yilda esa Qatarda "Al Sayliya" sharafini himoya qilgan hamda 2019 yildan e’tiboran ikki mavsum Malayziyada "Terengganu" safida yetakchiga aylanib, muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan.

Sanjar Shoahmedov 10 yillik faoliyati davomida jami 283 o‘yin o‘tkazgan va 65ta golga mualliflik qilgan.

"Jonajon jamoamga qaytganimdan xursandman. AGMK tubdan o‘zgargan va katta maqsadli jamoaga aylangani quvonarli. Yaxshi muhit va chinakam bir oilaga aylangan jamoada ekanligimdan baxtiyorman. Maqsadlar ulkan va endi yana sevimli muxlislarimiz ishonchini oqlashga harakat qilaman. Menga ishonch bildirayotgan jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. O‘ylaymanki, AGMK yangi mavsumda yanada muvaffaqiyatli o‘ynab, Olmaliq shahriga katta quvonch taqdim etadi", — dedi Sanjar Shoahmedov.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 11:15, 04.02.2021.
O'qildi: 4048 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик