«PSJ» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ichki chempionat doirasida «Marsel»ga qarshi bahsdan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Marsel» bilan to‘qnashuv men uchun shunchaki 3 ochkolik bahs emas. Bu qarama-qarshilikning yuki ancha og‘ir.
Men bu klub atrofida ro‘y berayotgan hodisalardan xafaman. Ular ancha tajribali murabbiyga iste’fo berib yuborishdi.
Villash-Boashni anchadan beri yaxshi bilaman. U bilan «Tottenhem»da birga ishlaganmiz. Bu katta yo‘qotish bo‘ldi. «Marsel» uchun hamdardman", - deydi Pochettino.