Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

Muxlislik madaniyati, futbol uchrashuvlari paytida o‘zini tutish qoidalariga rioya etish masalalari muhokama etildi

Muxlislik madaniyati, futbol uchrashuvlari paytida o‘zini tutish qoidalariga rioya etish masalalari muhokama etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Majlislar zalida O‘FA mutasaddi va mutaxassislari hamda futbol klublarining muxlislar jamoalari yetakchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda "Muxlis kodeksi" qoidalar majmuini amaliyotga joriy etish, muxlislik madaniyati bo‘yicha mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama etildi.

O‘FA Bosh kotibi Avaz Maksumov so‘zga chiqib, muxlislar bu - futbol klublari uchun 12chi o‘yinchi ekanligi, ularning yetakchilari esa futbolni chindan sevadigan va o‘z mehnatini ayamaydigan inson ekanliklarini ta’kidlab, yig‘ilishda qatnashayotgan barcha fan-klub yetakchilarini o‘zbek futboli rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissalari uchun O‘FA rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirdi.

Muxlislar yetakchilaridan joylarda muxlislarni o‘zini tutishi, "Muxlis kodeksi" qoidalariga rioya etishlari, hakamlar va futbolchilarni noo‘rin gaplar bilan haqorat etmasligi yuzasidan profilaktik-targ‘ibot, tushuntirish ishlarini olib borishlari so‘raldi. Ushbu holatlar futbolchilarning ruhiyatiga ta’sir etibgina qolmay, futbolchining o‘yin va o‘sish darajasi sustlashiga olib kelishini tushuntirildi.

Shundan so‘ng, hududlardagi fan-klublarda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha barcha o‘z-fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, barcha yig‘ilgan muxlislar yetakchilaridan joylarda futbolchilar hamda muxlislar o‘rtasida bog‘liqlikni vujudga keltirish maqsadida ular bilan uchrashuvlarni tashkil etish, futbolchilarni o‘yin vaqtida doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli targ‘ibot ishlarini olib borish zarur ekanligi ta’kidlandi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:00, 04.02.2021.
O'qildi: 1840 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.