Premyer-liga vakili «Nyukasl» a’zosi Joelinton ayni dam mamlakatda joriy etilgan karantin qoidalarini buzganlikda ayblandi.
Braziliyalik hujumchi garchi taqiqlangan bo‘lsada aholi gavjum sartaroshxona xizmatidan foydalangan. U buni ommaga ochiqlamasligi ham mumkin edi.
Biroq ijtimoiy tarmoqqa qo‘ygan posti orqali polisiya uning bu ishidan xabar topdi va futbolchi 200 ming funtga jazolandi.