Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

36ga to‘lgan Krishtianu Ronaldu nima uchun hamon cho‘qqida?

36ga to‘lgan Krishtianu Ronaldu nima uchun hamon cho‘qqida?

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu kecha 36 yoshga to‘ldi. Tengqurlari allaqachon futbolni tugatgan yo shunga tayyorlanayotgan bir paytda, u hamon cho‘qqida.

Uning muvaffaqiyat sirlari, mehnatkashligi tufayli Messi bilan doim bahslasha olgani haqidagi gaplarning ancha siyqasi chiqib ketgan. Keling, undan ko‘ra, siyqasi chiqqan ikki voqeani eslatay, bu Ronaldu yutuqlari sirini yaxshiroq ochib beradi.

Birinchisini Evra aytib bergan:

«Bir kuni Ronaldu meni uyiga mehmonga chaqirdi. Dam olish kuni, uning katta uyi bor, mazza qilamiz, deb o‘yladim. Bordim. Avval «yur, ozgina to‘p tepamiz» deb maydonchaga olib chiqdi. To‘pdan ko‘nglim aynigan bo‘lsa-da, ergashdim. Keyin ovqatlandik, qanaqadir parxez narsalar. Nima yeganimni bilmadim. Keyin trenajerga kirdik. Sabrim to‘lib borardi. Chiqib, biroz o‘tirgach, basseynga, suzishga taklif qildi. Dod deb yubordim, ichimda, ikkinchi uning uyiga kelmayman, deb ont ichdim. Ha, u shunaqa dam olardi».

Ikkinchisini o‘sha davrlarda «Yunayted»da o‘ynagan ko‘p futbolchilardan eshitganmiz. Bir kuni Krishtianu Rio Ferdinandga stol tennisidan yutqazib qo‘yadi. Partiya tugagach, barcha jamoadagilar rosa kulib, Rioni olqishlashadi. Ronaldu xuddi jahon chempionatini yutqazgandek, achchiqlanadi, raketkani otib yuboradi. O‘sha kuni juda yomon kayfiyatda yuradi.

Ertasiga Ronaldu yangi stol tennisi jihozlarini sotib olish uchun jiyanini magazinga yubordi, uyiga o‘rnatdi. Ikki hafta tinmay shug‘ullandi va yana bazaga kelib, Rio Ferdinandni o‘yinga taklif qildi. Hammaning ko‘z o‘ngida g‘alaba qozondi va tinchidi.

Esingizda bo‘lsa, mashhur video bor — unda jurnalist chempionlikni nishonlayotgan «MYU» a’zolaridan futboldagi eng zo‘r futbolchini so‘raydi.

Ferdinand «Diyego Maradona» deb javob beradi.
Yosh Ronaldu «Men» deydi.
Anderson esa, «Mening ismim Diyego Maradona» deb, kulib yuboradi.
(Juda kulguli video, topib ko‘ring. Aslida u yerda faqat Anderson hazillashgan ekan)

Bugun Ferdinand o‘sha videoni esladi va «U bilardi. Tug‘ilgan kuning bilan» deb yozdi.

Unga javoban, «Yunayted» hozirgi va o‘sha paytdagi murabbiyi Mayk Felan ajoyib izoh qoldirdi:

«U birinchi kundan buni aytardi, rostini aytganda, to‘g‘rimi, Rio?»

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 08:21, 06.02.2021.
O'qildi: 6484 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик