Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Yuventus» Turinda «bo‘rilar»ga qarshi

«Yuventus» Turinda «bo‘rilar»ga qarshi

Baho:
+ | -

Bugun Italiya A seriyasi 21-tur doirasidagi "Yuventus" va "Roma" uchrashuvi haqida qisqacha prevyu.

"Yuventus"
"Yuventus" "Inter"ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lganidan keyin o‘zini ancha yaxshi tomonga tiklab oldi. "Bolonya" va "Sampdoriya»ni bir xil 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu bilan birga "Napoli" klubini mag‘lub etib, Italiya superkubogi chempionligi unvoniga sazovor bo‘ldi. “Keksa sinyora” chorak finalda SPAL ustidan yirik 4:0 hisobida zafar quchib, Italiya kubogi yarim finaliga yo‘l oldi. Andre Pirlo shogirdlari hozirda A seriya jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi, bitta kam o‘yin o‘tkazgan holda, "Roma"dan bir ochko ortda qolmoqda, ammo ularning yetakchi "Milan" bilan ochkolari ochkolari soni yetitani tashkil qilmoqda. Agar, bugun ular rimliklarni mag‘lub etsa, uchinchi pog‘onaga ko‘tarib olish ehtimoli bor. Shuni sezgan turinliklar jamoasi ham maksimal kuchini namoyish etsa kerak.

"Roma"
Ammo "Roma" jamoasi bir xilda o‘yin ko‘rsata olmayapti. Azaliy raqibi "Latsio"dan, Italiya Kubogi doirasida "Spesiya" jamoalaridan bir xil 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Oxirgi ikki tur o‘yinlarida "Spesiya"ni 4:3, "Verona"ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, Turinga yo‘l olmoqda. Hozirda Paulu Fonseka shogirdlari Italiya chempionatida 20ta o‘yin o‘tkazib, 40 ochko bilan 3-o‘rinda joylashgan. Ular bugun "Yuve"ni mag‘lubiyatga uchratsa, ulardan 4 ochko oldinga o‘tib ketishadi. "Roma" "Yuventus" ga qarshi so‘nggi 3 o‘yinning 2 martasida mag‘lubiyatga uchramagan. Bugun "keksa sinyora" uchun nihoyatda qiyin o‘yin bo‘lishini taxmin qilish mumkin.

Mazkur jamoalar haqida qiziqarli statistikalar
Ushbu mavsumda A seriya o‘yinlarining dastlabki 15 daqiqasida hech bir tomon "Roma"dan ko‘proq gol ura olmadi (8), "Yuventus"dan esa so‘nggi 15 daqiqada (14) eng ko‘p gol urolmagan. Demak, bugun o‘yin boshlanishi va o‘yin oxirida ko‘p gol uradigan jamoalar o‘yinini tomosha qilishimiz mumkin. 2020 yil avgust oyida "Alyans" stadionida bo‘lib o‘tgan "Yuventus" va "Roma" uchrashuvida 3:1 hisobida "bo‘rilar" g‘alaba qozongan. Bugun "Roma" g‘alaba qozonsa, "Yuventus" A seriyada birinchi marta bir jamoaga qarshi o‘yinda ketma-ket yutqazishi mumkin, ammo "Roma" A seriyada "Yuventus"ga qarshi o‘yinlarning 82 tasida mag‘lubiyatga uchragan. So‘nggi marta ular 2002 yil dekabrida Fabio Kapello qo‘l ostida "keksa sinyora" ga qarshi uchta liga o‘yinlarini mag‘lubiyatsiz o‘tkazgan.

Jamoa yangiliklari va ehtimoliy tarkib
"Zebralar" ketma-ket o‘ninchi A seriya chempionligiga harakat qilishmoqda. "Yuventus" "Inter"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rgandan buyon besh uchrashuvdan iborat g‘alabali seriyani boshladi. Ular Krishtianu Ronalduning dubli evaziga Italiya kubogi yarim finalining birinchi o‘yinida "neradzurri"dan qasos olishga muvaffaq bo‘lishdi. Ammo, ular hali ham turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turgan "Milan"dan 7 ochko ortda qolishmoqda. Garchi ularning hisobida bir o‘yin bor bo‘lsa-da.

Bugungi uchrashuvda "Keksa sinyora"ga sariq kartochkalari ko‘payib ketganligi sababli Rodrigo Bentankur yordam berolmaydi. O‘tgan turdagi "Sampdoriya"ga qarshi o‘yinning 37-daqiqasida sariq olgan futbolchi hisobidagi ogohlantirishlar soni 4 taga yetgan edi. Bu jamoa uchun katta yo‘qotish bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda, "Roma" so‘nggi bir necha hafta ichida ichki va tashqi muammolarga juda kam duch keldi. Ular yaqinda "Dallas" jamoasidan Bryan Reynoldsning shartnomasini e’lon qilishdi. "Bo‘rilar"da bugungi uchrashuvda katta yo‘qotish bor deyish mumkin. Jamoaning goleador yarim himoyachisi Lorenso Pellegrini yordam bera olmaydi. Uning ham hisobida sariq kartochkalar soni ko‘payib ketganligi sababli, mazkur uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

"Yuventus" (4-3-3): Shesni, Kuadrado, De Ligt, Bonuchchi, Danilo, Makkenni, Artur, Rabio, Kyeza, Ronaldu, Morata.
"Roma" (3-4-2-1): Po Lopes, Manchini, Ibanez, Kumbuliya, Karsdorp, Gonsalo Villar, Jordan Veretu, Leanardo Spinassola, Pedro, Mxitaryan, Mayoral.

Mazkur qiziqarli uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:04, 06.02.2021.
O'qildi: 2249 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.