Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Zidan jurnalistlarga: «Ozgina hurmat ko‘rsating, men bunday munosabatga loyiq emasman»

Zidan jurnalistlarga: «Ozgina hurmat ko‘rsating, men bunday munosabatga loyiq emasman»

Baho:
+ | -

«Real» klubi bosh murabbiy Zayniddin Zidan madridliklar boshqaruvidagi kelajagi haqida gapirdi.

"Nima bo‘lishini bilmayman. Biz mavsumni shu tarkibda yakunlashga loyiqmiz. Murabbiy almashishi haqida ko‘p gapirilmoqda. Bilmadim, mening omadim bor.

Garchi odamlar ketishimni xohlayotgan bo‘lsa-da, men bu ishni qilmoqchi emasman. Va, futbolchilar ham. Qiyin vaziyat haqida ko‘p gapirilmoqda. To‘g‘ri, biz yuqorida emasmiz, ammo bu vaziyatni o‘zgartirishga jiddiy kirishganmiz.

O‘tgan mavsum La Ligani yutdik. Biz. «Real»... Kelasi mavsumda, balki, qandaydir o‘zgarrishlar qilishga to‘g‘ri kelar. Biroq bu mavsumda ham kurashish huquqiga egamiz. Keling kurashamiz.

Biz chempionatni o‘tgan yili yutdik, o‘n yil avval emas. Shu sabab ozgina hurmat ko‘rsating.

Siz (jurnalistlar) ko‘p gapirasiz. Biroq siz javobgarlikni o‘zingizga olib mening yuzimga aytishingiz kerak: «Men ketishingni xohlayman». Yoki: «Biz seni ketishingni istaymiz». Biroq buni yuzimga aytishing kerak, ortimdan emas.

Bir kuni durang o‘ynaymiz yoki yutqazamiz, yana iste’fo haqida gap-so‘zlar yangraydi. Har bir yomon o‘yindan keyin mendan bu haqda so‘rashadi. Men bunday munosabatga loyiq emasman.

Ozgina jahlim chiqdi, ikki hafta izolyasiyada bo‘ldim (koronavirus sabab) va oxirigacha kurashishimni ko‘rsatib qo‘yish imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman", — dedi Zidan.

«Real» 20-turdan keyin 40 ochko bilan La Liga musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda va bitta zaxira o‘yiniga ega «Atletiko»dan 10 ochko ortda qolgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:20, 06.02.2021.
O'qildi: 2806 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.