Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal - Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

O‘FA prezidenti O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

O‘FA prezidenti O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 8 fevral kuni o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun BAAga jo‘nab ketadi.

Yig‘in davomida 3 ta nazorat o‘yini o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu yig‘in JCH-2022 saralash bahslari davom ettirilishi oldidan MTJ tarkibiga nomzod futbolchilar uchun o‘ziga xos sinov vazifasini o‘tab beradi.

Bugun O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi hamda futbolchilar bilan uchrashdi.

Futbolimiz rahbari milliy terma jamoamiz oldida turgan musobaqalarning mas’uliyati, nomzodlarning asosiy tarkibga loyiqligini isbotlashi qanchalik zarurligi, har bir o‘yinga sidqidildan tayyorlanish lozimligi haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, bosh murabbiy Vadim Abramov terma jamoaning tayyorgarlik rejasi bilan tanishtirdi. Rahbariyat bu reja bo‘yicha o‘z talab va takliflarini bildirdi.

 

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:27, 06.02.2021.
O'qildi: 1783 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик