Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

La liga. Varanning gollari «Real»ga irodali g‘alabani taqdim etdi

La liga. Varanning gollari «Real»ga irodali g‘alabani taqdim etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida «Real» safarda musobaqa autsayderi «Ueska» klubi mehmoni bo‘lib, qiyin g‘alabaga erishdi.

Birinchi bo‘limda jamoalardan bittadan imkoniyatga ega bo‘lishdi, ammo darvozalarga to‘p kirmadi.

Ikkinchi bo‘limni esa «Ueska» faol boshladi va raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Galanning zarbasidan so‘ng to‘p to‘singa tegib, to‘rga borib tushdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib mezbonlar ikkinchi golni urishga juda yaqin kelishdi. Rafa Mirning zarbasidan keyin esa to‘p to‘singa tegib, maydonni tark etdi.

Madridliklar esa tezda javob qaytarishdi. Bahsning 55-daqiqasida Benzema tomonidan jarimadan yo‘llangan zarba natijasida to‘p to‘singa tegib, yuqoriga ko‘tarildi. Pastga tushayotgan to‘pni esa Varan bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

"Real" o‘yin so‘ngida g‘alabani ilib ketdi. Yana bir "standart" madridliklarga g‘alaba keltirdi. Modrichning uzatmasidan keyin Kazemiro bosh bilan zarba yo‘lladi. Darvozabon qaytargan to‘pni esa Varan darvozaga burib yubordi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Qirollik klubi" o‘z ochkolarini 43taga yetkazib oldi.

Ispaniya La ligasi, 22-tur
Ueska – Real Madrid 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 48 Galan, 1:1 – 55 Varan, 1:2 – 84 Varan.
Ueska – Alvaro Fernandes, Galan, Siovas, Pulido, Maffeo, Dumbiya (Ontiveros, 73), Mikel Riko (Xuan Karlos, 86), Seoane, Silva (Ferreyro, 86), Okadzaki (Dani Eskriche, 62), Rafa Mir.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Mendi (Marvin, 78), Odriosola (Marselo, 67), Nacho, Modrich, Kroos, Asensio, Kazemiro, Vinisius Junior (Mariano Dias, 78), Benzema.
Ogohlantirishlar: Kroos (32), Maffeo (45), Silva (53).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:12, 06.02.2021.
O'qildi: 3130 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик