«Shaharliklar» «Inter» hujumchisi Lautaro Martinesga bo‘lgan barcha takliflardan voz kechdi.
Bu haqda ingliz jurnalistlari ma’lum qilishmoqda. Ushbu ehtimoliy transferning amalga oshmay qolishiga argentinalikning jamoada qolish variantini tanlagani sabab bo‘lgan. U yaqinda «neradzurrilar» bilan shartnomani uzaytiradi.
Endi «shaharliklar» Aguero o‘rniga boshqa nomzod izlab ko‘rishlariga to‘g‘ri keladi.