Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

"Navbahor"ning Turkiyadagi ikkinchi bahs yakuniga yetmay qoldi

"Navbahor"ning Turkiyadagi ikkinchi bahs yakuniga yetmay qoldi

Baho:
+ | -

Ayni paytda o‘z o‘quv – mashg‘ulot yig‘inini Turkiyada olib borayotgan “Navbahor” mazkur mamlakatdagi yig‘in doirasidagi ikkinchi o‘rtoqlik bahsini Qozog‘iston Premyer-ligasi vakili “Oqjetpes” (Ko‘kchatoy) jamoasiga qarshi olib bordi.

Belek shahrida bo‘lib o‘tgan mazkur o‘yinda “lochinlar” ustozi No‘’mon Hasanov maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi: Rahimjon Davronov, Azimjon Ahmedov, Mirzohid G‘ofurov, Davron Hoshimov, Nikola Tasich, Ehsoni Panshanbe, Ivan Solovyov, Marko Putinkanin, Sardor Telyakov, Abbos G‘ulomov, Zabihillo O‘rinboyev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: O‘tkir Yusupov, Shohruh Mahmudhojiyev, Farhod Mirahmatov, Mirzohid Mirzamahmudov.

Uchrashuvning 1-bo‘limi keskin kurashlar ostida o‘tib, ko‘kchatoyliklar 2-daqiqadayoq standart vaziyatdan hisobni ochishdi. Chap qanotdan oshirilgan to‘pni “Oqjetpes” futbolchilaridan biri boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochdi – 0:1.

Muvozanatni tiklashga intilgan jamoamiz a’zolari hujumkorlikni ancha kuchaytirishdi va bu 10-daqiqada o‘z samarasini berdi. “Lochinlar”ning navbatdagi hujumi paytida mahoratli yarim himoyachi Sardor Telyakov 20 metrlar chamasi uzoqlikdan darvozani aniq nishonga olib, hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Ammo qozog‘istonliklar 34-daqiqada jamoamiz darvozasini ikkinchi marta ishg‘ol etib, tanaffusga 2:1 hisobida chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limni hujumkor ruhda boshlagan No‘’mon Hasanov shogirdlari 48-daqiqada raqib futbolchisi o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynaganligi bois, 11 metrli jarima zarbasi tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Penaltini jamoamiz sardori Azimjon Ahmedov aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi – 2:2.

Biroq 56-daqiqada qozog‘istonliklar navbatdagi hujumni samarali tarzda yakunlab, hisobda oldinga chiqib olishdi – 2:3.

Shundan so‘ng, jamoamiz a’zolari hisobni tenglashtirish maqsadida, yana hujumkorlikni kuchaytirishdi. Ammo hujumlar yakuniga yetmasdi.

Uchrashuvning 83-daqiqasida har ikki jamoa futbolchilari orasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Ushbu holatning janjalga aylanib ketishini oldini olish maqsadida, uchrashuv bosh hakami o‘yinni muddatidan oldin to‘xtatishga qaror qildi.

Natijada “Oqjetpes” 3:2 hisobida g‘alaba qozonayotgan ushbu bahs yakuniga yetmay qoldi.

“Lochinlar”ga keyingi o‘rtoqlik bahslarida omad yor bo‘lishini tilaymiz.

Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 00:53, 10.02.2021.
O'qildi: 6116 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.