Kirish Ro'yxatdan o'tish

La Liga vakili: «Liga Messi Ispaniyani tark etishini istamaydi»

La Liga vakili: «Liga Messi Ispaniyani tark etishini istamaydi»

Baho:
+ | -

La Liga rahbariyati Leo Messining «Barselona»dan ketishi nafaqat klub, balki butun liga uchun ham nomaqbul bo‘ladi. Ammo, ular argentinalikning ertami-kechmi Kataloniya klubini tark etishini tushunishadi, shunday bo‘lsada, ular uning ketishini yumshatish yo‘llarini o‘ylab ko‘rishadi.

La Liga vakili Xose Karlos Loaysa esa ayni shu borada fikr bildirdi.

«La Liga uchun Messi juda muhim. U bu yerda katta ahamiyat kasb etadi. Biz hammamiz buni tushunamiz va uning ketishini istamaymiz. Boshqa tomondan, u qachondir ketishi kerak. Chunki uning yoshi o‘tib bormoqda. Shunday bo‘lsada, biz bu holatni tushunishga majburmiz va uning ketishini yumshatish yo‘llarini topamiz»-deydi Loaysa

Kiritildi: 18:44, 15.02.2021.
O'qildi: 3969 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.