«Milan» darvozaboni Janluidji Donnarumma uzoq davom etgan urinishlardan so‘ng nihoyat jamoada qolishga qarorga qildi.
Bu haqda uning agenti Mino Rayola xabar bermoqda. U yaqin orada rahbariyat bilan shartnomaning to‘liq bandlarini kelishib oladi. Jijining amaldagi bitimi joriy yil yozgacha mo‘ljallangan.
Futbolchiga «Chelsi» hamda «Real» klublaridan ham takliflar bo‘lgan edi.