Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Abror Pirriyev: Maydon chetidagi o‘ylar...

Abror Pirriyev: Maydon chetidagi o‘ylar...

Baho:
+ | -

Mashg‘ulot mahali maydon chetida turganlar suhbatidan:

– Ijtimoiy tarmoqlarda har gal “Paxtakor”ning Qibray bazasi maydonidagi mashg‘ulotidan rukni ostida suratlarni tomosha qila turib bir fikr xayolimdan o‘tadi – so‘z boshladi suxbatdoshlardan biri, – Eh Shota-SHota; Sening o‘zbek futboli, “Paxtakor” uchun qilgan mehnatingni qanday baholay? Senga Qibraydagi bazani zamonaviy ko‘rinishga keltiraylik deyishganda, u yerning uzoqligini ro‘kach qilib, shahar markazidan uzoqlashishdan cho‘chiding; jamoa kelajagini emas, o‘zingni o‘ylading. Bu ham mayli, butun jamoani ijarada – mehmonxonada yashatding. Senga birov Qibrayga kelib yasha degani yo‘q edi, shunchaki “to‘g‘ri, top-jamoaning zamonaviy uyi bo‘lishi kerak”, deb baza rekonstruksiyasiga turtki bersang bo‘ldi edi. Sportchi uchun shaharning markaziy chorrahasidagi diqqinafas mehmonxonada yashab; chang-gubor yutib yugurgan qayda-yu, Qibrayning tinch, toza havosida... Shuncha yil jamoaning mehmonxonada yashagani-yu, o‘zimizning bir qora ko‘z tengi legioner hujumchingga ketgan mablag‘ga baza-yu maydonlarni, qo‘yingki, kerak bo‘lsa, akademiya va stadioni bilan butun kompleksni zamonaviy ko‘rinishga keltirib olish mumkin edi. Mana, jamoa baribir borarkan o‘sha yerga...

– Qo‘ysangiz-chi, shaxsiy klub bo‘lsa, pul o‘ziniki, nimaga sarflash o‘ziga havola, – jon kuydirib gapirayotgan suhbatdoshining so‘zini bo‘ldi sherigi.

 – To‘g‘ri, biz aralasha olmaymiz, ammo keng imkoniyatlar bo‘lgan davrdagi shu ishlar bahonasida "Paxtakor" eng zamonaviy bazaga ega bo‘lib qolarmidi, tanigan-tanimaganlar ham “Bularning barchasi Shota davrida bo‘lib qolgan, baraka topsin”, deb duo qilib yurarmidi deyman-da...

– Birgina "Nasaf" bazasi ortidan hamon futbol ishqibozlari duosini olayotgan, Xudo rahmat qilsin Nuriddin aka Zayniyev kabi demoqchisiz-da...

Murabbiyning mashg‘ulot tugaganini bildirib qattiq chalgan hushtagi suhbatni bo‘ldi...

Abror Pirriyev
O‘zbekiston milliy jamoasi va "Lokomotiv" klubi shifokori.

Manba: https://t.me/abrorpirmuhammad
Kiritildi: 15:20, 22.02.2021.
O'qildi: 2886 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.