Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

O‘FA va O‘zPFL vakillari «Metallurg» qarorgohida bo‘lishdi

O‘FA va O‘zPFL vakillari «Metallurg» qarorgohida bo‘lishdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Bekobodning “Metallurg” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkent shahrida olib bormoqda.

Bugungi mashg‘ulotlardan keyin “Metallurg” PFK o‘yinchilari va murabbiylari istiqomat qilayotgan “O‘zbekiston” mehmonxonasiga O‘FA hamda O‘zPFL mutasaddilari tashrif buyurishdi. O‘zbekiston futbol assosiasiyasidan Dilshod Norqobilov, Dilshod Hakimov, Baxtiyor Shirinov, O‘zbekiston professional futbol ligasidan Laziz Qo‘chqorov, Jahongir Rahmatullayev “Metallurg” murabbiylari shtabi hamda futbolchilari bilan uchrashishdi.

Mutasaddilar yangi mavsum rejalari, musobaqalarni o‘tkazish tartibi, joriy etilayotgan yangi Reglament, qoidalar bo‘yicha ma’lumotlar berishdi. Mamlakatimizda o‘tkaziladigan barcha futbol musobaqalarida ishtirokchilar oldiga qo‘yilayotgan talablar bu yildan yanada kuchaytirilishi alohida qayd etildi. Rasmiy shaxslar – futbolchilar, murabbiylar, klub xodimlarining kelishilgan o‘yinlar, totalizator va shunga o‘xshash boshqa jarayonlarda qatnashishi jiddiy jazoga tortilishi ta’kidlandi.

Futbol musobaqalarini o‘tkazishga mas’ul tashkilot vakillari “Metallurg” PFKga yangi mavsumda muxlislar ishonchini oqlash, klub oldiga qo‘yilgan maqsad hamda vazifalarning bajarilishi yo‘lida omad yor bo‘lishini tilashdi.

“Metallurg” matbuot xizmati

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:31, 23.02.2021.
O'qildi: 1682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик