Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Rimdagi to‘qnashuvda “qo‘ltiq tayoq“li “Bavariya“ murosasiz “Lasio“ga qarshi(prevyu)

Rimdagi to‘qnashuvda “qo‘ltiq tayoq“li “Bavariya“ murosasiz “Lasio“ga qarshi(prevyu)

Baho:
+1 | -

Milliy chempioantlardagi navbatdagi tur bahslari, voqealar shoxidi bilan o‘tgan uyqusiz tunlar, seshanba va chorshanbaga ulanib ketadi. Bugun oqshom, Rimda YECHL 1/8 final bosqichi, dastlabki o‘yinlari doirasidagi yana bir qizg‘in to‘qnashuv, “Lasio“ “Bavariya“ tomoshabinlarga futbol zavqini taqdim etadi.

"Lasio" so‘nggi o‘yinlarda juda yaxshi statistikani namoyish etmoqda. Yil boshidan buyon Simone Inzagi shogirdlari barcha turnirlarda 11 uchrashuv o‘tkazib, bu o‘yinlarda 8 g‘alaba, 1 durang va 2 bor mag‘lubiyat qayd etishgan. So‘nggi mag‘lubiyat 14 fevral kuni “Inter“ga qarshi (1:3) o‘yinda sodir bo‘lgan edi. Ayni paytda rimliklar A Seriya turnir jadvalida 43 ochko to‘plagan holda, oltinchi pog‘onada bormoqda.

To‘g‘ri, chempionlik marrasi “Lasio“ uchun biroz uzoqdek tuyulsada, biroq mavsum yakunda xalqaro maydon yo‘llanmasiga ega chiqish uchun, haminqadar kurash olib borishi aniq. “Burgutlar“ bo‘lajak uchrashuvga bir qator muhim futbolchilarsiz yetib kelmoqda. Ma’lumki, ikki asosiy himoyachi Luis Filipi va Shtefano Radular jarohati tufayli uchrashuvni o‘tkazib yuborishadi. Darvozabon Tomash Strakoshining o‘yindagi ishtiroki ham etishi so‘roq ostida qolmoqda. Posbon tizzasidan olgan jarohatidan tiklanishga ulgurmagan.

Umuman olganda, Italiyalik murabbiy o‘zi duch keladigan har qanday jamoaga keskin kurashlar taklif etadigan, aksar holatlarda ochiq futbol namoyish etib, har qanday raqibni tang ahvolga solib qo‘yadigan jamoani shakllantirgan. Tarkib yuqori formada shu bilan birga jamoa o‘z maydinida yetti o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyaga ham ega. Ko‘rinib turibdiki,Flik jamoasining Rimda anchayin sergak tortishi uchun asoslar yetarli.

“Bavariya“

Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi “Bavariya“, barqaror futbol namoyish etish borasida Yevropa klublariga o‘rnak bo‘la oladigan darajada. Ammo, yangi mavsum va so‘nggi o‘yinlar myunxenliklar uchun biroz murakkab kechmoqda. Flik boshchiligidagi jamoa Qatarda o‘tgan klublar o‘rtasidagi jahon kubogini yutgangan so‘ng, Bundesliganing Armeniya va Ayntraxt Frankfurtga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazdi va kutilmaganda 1 durang 1 mag‘lubiyat qayd etgan holda 1 ochko ishladi xolos.

Anglash mumkinki, jamoaning oxirgi o‘yinlaridagi pasayish bir nechta asosiy futbolchilarning to‘satdan safdan chiqib qolayotganidan kelib chiqmoqda. Xususan, Benjamin Pavar hamda Tomas Myullerlar jarohat sabab, Korentin Tolisso, Serj Gnabri, Duglas Kosta, va Aleksandr Nuebellar esa, oyoq, son va to‘piq qismlaridan orttirib olingan jarohat sababli bugun myunxenliklarga yordam bera olishmaydi.

Ammo, Myuller hamda Gnabri tez sur’atda tiklanish jarayonidan so‘ng, “Lasio“ bilan o‘yinga tayyor bo‘lishlari mumkin. Bugungacha 49 ochko jamg‘argan holda Bundesliga peshqadami bo‘lib turgan klubning so‘nggi qayd etilayotgan natijalari “qizillar“ muxlislarini qoniqtirmasada, shuni unutmaslik kerakki YECHL boshqa darajadagi va alohida ahamiyatga ega bo‘lgan turnir va “Bavariya“ bu hududni hamma vaqt o‘ziniki qilib olish kuchiga ega.

Murabbiy fikrlari

Simone Inzagi(Lasio): “Ushbu o‘yin 5 yil mobaynida shakllangan ajoyib jamoamizning eng yorqin bahs bo‘ladi. Biz g‘alaba uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz va o‘z o‘yinimizdan zavq olishga harakat qilamiz. "Bavariya" YECHL va FIFA Klublar o‘rtasidagi Jahon kuboglarini qo‘lga kiritdi. Men ularning kuchsiz tomonlarini o‘rganib chiqishdan ko‘ra, o‘z jamoamga ko‘proq e’tibor qaratmoqdaman. Jamoadagi faoliyatimiz mobaynida biz shu kabi ko‘plab muhim o‘yinlarni o‘tkazdik va ushbu to‘qnashuvning qanday kechishini bilamiz“

Xans-Diter Flik(Bavariya): “Chempionlar Ligasi turnirida, har doim o‘zingizni eng yaxshi tomondan namoyish etishingiz kerak. Bu har qanday klub uchun ahamiyatli uchrashuvlar. Men yigitlardan yuqori darajadagi ishtiyoq kutmoqdaman. Biz qanday o‘ynashni xohlayotganimiz haqida aniq tasavvurga egamiz. Men o‘z jamoamga to‘liq ishonaman. Ba’zi futbolchilarda kichik jarohatlar bor. shu jumladan Zyuleda ham. U bir kun dam oldi. Lekin u jamoa bilan Rimga boradi“

Tahminiy tarkiblar

"Lasio": Reyna — Gabarron, Acherbi, Musakkyo — Lassari, Milinkovich-Savich, Lukas Leyva, Luis Alberto, Marushich — Korrea, Immobile.

"Bavariya": Noyer — Zyule, Boateng, Alaba, Devis — Kimmix, Roka — Sane, Goreska, Koman — Levandovski.

Duel

Ushbu qarama-qarshilik futbol muxlislariga shavq va shiddat ulashish bilan birga, o‘ziga xos duelni ham taqdim etadi. Bugun tunda, “Olimpiko“ o‘yingohida chinakam gol mashinasiga aylangan o‘z jamoalarining haqiqiy yetakchilari, Robert Levandovski ham Chiro Immobililar o‘zaro to‘qnash keladi.

Aytish mumkinki, o‘tgan mavsum 34 ta gol bilan o‘z chempionatlarining to‘purari bo‘lgan ushbu futbolchilar o‘tgan yilgi yuqori tempda davom ettirmoqdalar.

“Lasio“ vakili Immobili joriy mavsum ichki chempionatda 31 o‘yin o‘tkazib, 14 gol va 4 golli uzatmaga mualliflik qilgan. YECHL doirasida esa, o‘zi ishtirok etgan 4 uchrashuvda 5 gol, 1 assist qayd etishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘z o‘rnida “Bavariya“ a’zosi Levandovski ham yuqori darajadagi mahsuldorlik ko‘rsatmoqda. Buni Bundesliganing 21 o‘yini kiritilgan 26 gol va amalga oshirilgan 6 assistdan ham ko‘rish mumkin. Chempionlar ligasi doirasida kechgan 4 bahsda esa polshalik hujumchi 3 gol muallifiga aylangan.

Xulosa o‘rnida, aniqki, "Lasio" YECHLdagi Italiya vakili sifatida imkon qadar uzoqroqqa borishni maqsad qilgan. Bu yo‘lda raqibning kim ekanligi unchalik ham katta ahamiyat kasb etmaydi. “Bavariya“ esa Chempionlar ligasidagi martabasini saqlab qolgan holda, amaldagi chempion sifatida bosh sovrinni himoya qiladi.

Tabiiyki, yangi kuch va yangi maqsadlar bilan.
Ustiga-ustak, muhim o‘yinlar oldidan jiddiy yo‘qotishlar o‘rnini kim qanday yopa olishi barobarida qaysi jihatlar evaziga raqibdan ustunlik qilishining o‘zi ham ancha qiziqarli epizodlar taqdim eta olishi, shubhasiz.


Dadajon Foziljonov tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:21, 23.02.2021.
O'qildi: 2905 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.