Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

"Paxtakor" murabbiyi yangi transferlar bo‘lishini ta’kidladi

"Paxtakor" murabbiyi yangi transferlar bo‘lishini ta’kidladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Paxtakor" bosh murabbiyi yangi mavsumga tayyorgarlik, transferlar, akademiya va murabbiylar shtabi xususida fikr bildirdi.

- Safimizga Temirov, Rashidov, Turg‘unboyev va Muhiddinovni qo‘shib oldik, bu o‘tishlardan xursandman, tarkibni bir qator o‘yinchilar bilan to‘ldirdik.

"Paxtakor" O‘zbekistondagi eng yaxshi akademiyalardan biriga ega. Ko‘plab yosh iqtidorlar bor. Ularni ko‘rish va qo‘llab-quvvatlashdan xursandman. Professional futbolga o‘tishda ularga yordam beraman. Yoshlar murabbiylari juda yaxshi ishlashmoqda. Futbolchilar o‘sishi uchun yaxshi mashg‘ulotlar o‘tkazishadi. Tarbiyalanuvchilarni asosiy jamoa mashg‘ulotlarida ko‘rish yoqimli. Umid qilamanki, kelajakda asosiy jamoada o‘ynashni boshlashadi.

Hali transfer oynasi yopilmadi va istalgan holat ro‘y berishi mumkin. Hozir futbolchilarning mehnati va ishtiyoqidan qoniqyapman. Yosh o‘yinchilar o‘zlarini yangi kuch bilan ko‘rsatishlari mumkin.

Mavsumni hozirdan taxmin qilish mushkul. Boshqa jamoalar qishki tanaffusdan qanday chiqishi, qanday ishlaganini bilmaymiz. 5-6 turdan keyin jamoalarga qarash qiziq bo‘ladi. Qaysi klub o‘sgani, kim raqobatbardosh bo‘lishini ayta olamiz. Biz amaldagi chempionlarmiz. Yana yuqori saviyada o‘ynashga ishonch hosil qilishimiz kerak. Raqiblarni hurmat qilamiz. O‘sishga urinishimiz zarur. Hamma mavsumni bir xil ochko bilan boshlaydi, ochkolar to‘plashimiz kerak. Bu katta mehnat va kuch talab qiladi. Futbolchilarga, o‘yin uslubimiz va muxlislarga ishonaman. Har bir mavsum yangi va unga tayyor bo‘lishimiz lozim.

Jamoa o‘sib bormoqda. Jismonan yaxshi, kuchli jamoaga ega bo‘lishimiz kerak. Maydonda nima qilishni bilishimiz darkor, buning uchun ko‘p mehnat qilish shart va buni amalga oshiryapmiz. Biz mavsumni endi boshlaymiz. Hozircha qilayotgan ishlarimizdan ko‘nglim to‘ldi.

Mirko Yelichich murabbiylar shtabini to‘ldirdi. Bu biz uchun juda yaxshi. Gocha Tkebuchava va Laslo Yambor ishlashda davom etmoqda. Anvar Rashidov darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlayapti. Ular katta tajribaga ega, juda yaxshi mehnat qilishmoqda. O‘yinchilar bilan samarali ishlay olishadi. Murabbiylar shtabida bunday mutaxassislar borligidan xursandman.

Kiritildi: 18:11, 24.02.2021.
O'qildi: 6873 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.