Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Davron Fayziyev: «Buxoro»dan ketish niyatim yo‘q»

Davron Fayziyev: «Buxoro»dan ketish niyatim yo‘q»

Baho:
+ | -

Bugun «Buxoro» klubi atrofida bo‘lib turgan turli xil gap so‘zlarga oydinlik kiritish maqsadida bosh murabbiy Davron Fayziyevning o‘zidan savollarga javob oldik.

— Jamoamizning navbatdagi Buxorodagi yig‘inida ishtirok eta olmaganingiz, jamoamiz muxlislari orasida turli xil mish-mishlar urchishiga sabab bo‘ldi. Shu haqda oydinlik kiritsangiz?

— Qisqacha gapimni muxtasar qilib aytsam, menda jamoani tark etish niyati bo‘lmagan, rahbariyat bilan yaxshi aloqadaman.

Mana shu vaqtlar ichida oilaviy muammolar bo‘lib o‘tdi, ya’ni onamni salgina mazalari bo‘lmay qoldi, bu orada bilasiz yaqinda PRO lisenziyasi o‘quv-kurslarining oxirgi yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi, nasib qilsa 15 martga qadar o‘qishim ham yakunlanadi. Pandemiya sababli o‘qish muddati ham cho‘zilib ketgan edi. Shu sabablar bilan uyda ozgina ushlanib qoldim. Bu haqda klub rahbariyatidan 3-4 kunga ruxsat so‘ragan edim.

Bu orada Anvar Berdiyev klubda Davron Fayziyev o‘rniga bosh murabbiy bo‘libdi, degan mish-mishlar chiqib ketdi, bu bo‘lmagan gap!

Muxlislardan bir narsani iltimos qilardim, har xil asoslanmagan xabarlarga ishonishmasin, yordamchi murabbiy lavozimiga Anvar Berdiyev variantini o‘zimiz, klub rahbariyati bilan kelishib bir to‘xtamga kelgan edik. Anvarning nomzodini yordamchi sifatida o‘zim tanlab olganman.

Qanaqadir tushunmovchilik sababmi bilmayman, ayrim internet nashrlarda noto‘g‘ri ma’lumot ketib qolib, bu muxlislar orasida shubha va gumonlarni urchitgan.

Men yana bir bor jamoamiz muxlislaridan bosiqlik bilan ushbu vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘rardim, ularga hurmatim cheksiz.

«Istiqlol» klubiga o‘z tashakkurimni bildiraman, Berdiyev va Lebedevning bizga yordamga kelishlariga to‘sqinlik qilmaganlari uchun. Biz hammamiz bu yerga «Buxoro» jamoasini superligaga qaytarish uchun yeng shimarib ishga kirishganmiz. Suhrob Qobilov va Mirislom Hasanov ham biz bilan birga o‘z vazifalarini mana shu klubda davom ettirishadi. Ular klubning kelajakdagi murabbiylari hisoblanishadi, kim kelishidan qat’iy nazar ular jamoada qolishadi. Biz katta bir ahil oila bo‘lib, maqsad sari intilyapmiz.

— Nega, aynan Anvar Berdiyev nomzodiga to‘xtaldingiz?

— Anvar Berdiyevni tanlashimizdan maqsad, hujum chizig‘imizda vaziyatlar juda ko‘p yaratilyapti, lekin undan foydalanish samarasi juda past. Bilasiz, Anvar o‘z vaqtida mamlakatimizdagi iqtidorli hujumchilardan biri edi, u menga hujumchilarni tanlashda yordam beradi, qolaversa ularni malakasini oshirib boradi.

— Siz bilan suhbatni ayni damda Buxoro shahrida olib boryapmiz.

— Sizni tushundim! Ayni paytda Buxorodaman, men xech qayerga ketganim yo‘q, ketish niyatim ham bo‘lmagan. Faqat ayrim bir nashrlarning shoshqaloqligi bilan noto‘g‘ri xabarlar chiqib ketgan, xolos. Men bu yerda xech qanday muammo ko‘rmayapman. Nasib qilsa, biz hammamiz bir ahil oila bo‘lib, bir maqsad sari intilib harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 15:39, 25.02.2021.
O'qildi: 3028 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.