«Marsel» klubi rahbariyatida o‘zgarish ro‘y berdi. Jak-Anri Eyro prezident lavozimini tark etib, uning o‘rniga Pablo Longoria tayinlandi.
Shuningdek, Xorxe Sampaoli jamoa bosh murabbiyiga aylandi. Chililik mutaxassis bilan 2023 yilgacha shartnoma imzolandi.
Sampaoli faoliyati davomida Argentina va Chili terma jamoalari, shuningdek, «Sevilya» klubida ishlagan.
Jamoaning avvalgi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash 1 fevral kuni o‘z lavozimini tark etdi.