Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Shomurodov Lukakuga qarshi. "Inter" o‘z maydonida "Jenoa"ni qabul qiladi (prevyu)

Shomurodov Lukakuga qarshi. "Inter" o‘z maydonida "Jenoa"ni qabul qiladi (prevyu)

Baho:
+ | -

Kechadan Italiya A seriyasining navbatdagi turi doirasigi uchrashuvlar boshlandi. Bugun ham mazkur tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Bugun kechga joriy yilgi Italiya ichki chempionatida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatib, jadvalda birinchi o‘rindan joy olgan «Inter» o‘z maydonida vatandoshimiz Eldor Shomurodov to‘p tepadigan «Jenoa» jamoasini qabul qiladi. Garchi ushbu bahsda favorit nomi aniq bo‘lsada, uchrashuv ajoyib tarzda o‘tishiga shubha yo‘q. Chunki Konte shogirdlari chempionlikni maqsad qilgan bo‘lsa, genuyaliklar A seriyada 7 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirishmoqda. Hozir biz sizlarga jamoalar haqidagi yangiliklar, yo‘qotishlar, shuningdek ehtimoliy tarkib haqidagi qisqacha prevyuni taqdim etamiz.


«Inter»


Antonio Konte shogirdlari 2020/21 - yilgi mavsumda A seriya musobaqasida Skudetto uchun asosiy da’vogar hisoblanmoqda, chunki «Inter» jamoasi har yilgidanda mazmunli va chiroyli o‘yin namoyish etishmoqda. Umuman olganda bu yilgi Italiya chempionati doimgidan ancha qiziqarli bo‘lmoqda. 24-turga kelib, jamoalar turnir jadvalida juda zich joylashgan. Ayni paytda yetakchi bo‘lgan, «Inter» jamoasi 23 uchrashuvdan so‘ng, 53 ochko jamg‘arishga erishdi. Keyingi o‘rinlarda esa, «Milan» 49, «Yuventus» 46 ochko ishlab, 2 va 3 - o‘rinlarni band etishgan.  Agar, bugun milanliklar «Jenoa»ga qarshi o‘yinda qoqilishsa, o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Shu sababdan bugungi qarama-qarshilikni qiziqarli o‘tishiga shubha yo‘q. Ushbu mavsumda «neradzuri» hech qanday jamoani ayab o‘tirgani yo‘q. Xoh bu «Yuventus», xoh «Milan» yoki «Napoli» bo‘lsin. Oxirgi ikki turda Konte shogirdlari jiddiy raqiblar bilan o‘yin o‘tkazdi. 22 - turda o‘z maydonida kechgan Rimning «Lasio» jamoasiga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobidagi g‘alabani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, o‘tgan turda kechgan «Milan»ga qarshi o‘yinda esa, «ko‘k-qoralar»ning mavsumdagi eng yaxshi uchrashuvlaridan biri sifatida tarixda qoldi. Garchi mazkur bahs teng kurashlar ostida kechgan bo‘lsa ham, o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish evaziga «Inter» hamshahari ustidan yirik hisobda g‘alab qozondi. Uchrashuvda Lautaro Martines dubl qayd etgan bo‘lsa, Romelu Lukaku ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Umuman olganda ushbu futbolchilardan tashkil topgan hujum juftligi joriy mavsumda juda ham samaradorli o‘yin namoyish etishmoqda. Argentinalik va belgiyalik futbolchilar 2020/21 - yilgi mavsumdagi barcha musobaqalarda 45 marta maydonga tushib, birgalikda 30ta gol urishni uddaladi. Mazkur ko‘rsatkich bu futbolchilar nafaqat Italiyada, balki Yevropa chempionatlarida ham yaxshi natija hisoblanadi. «Inter»ning bugungi «Jenoa»ga qarshi o‘yin oldidan ikkita yo‘qotishi bor. Stefano Sensi mashg‘ulot paytida jarohat orttirib olgan bo‘lsa, jamoaning marokashlik futbolchisi Ashraf Hakimi hisobida sariq kartochkalar soni ko‘payib ketganligi uchun ushbu bahsni o‘tkazib yuboradi. Mavsum avvalida «Borussiya D» jamoasidan transfer qilingan, Hakimining yo‘qligi jamoaning o‘yiniga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki, uning o‘ng qanotdan uyushtirgan hujumlarining ko‘pchiligi muvaffaqiyatli yakunlangan edi.


«Jenoa»

 

Genuyaliklar mavsum boshlanishida biroz omadsiz uchrashuvlar o‘tkazgan bo‘lsa, keyinchalik o‘z o‘yinini yaxshi tomonga yo‘lga qo‘ya oldi. Bunga sabab sifatida jamoa ruliga Davide Ballardinini kelishini aytib o‘tishimiz mumkin. Mazkur italiyalik mutaxasis klub boshqaruviga kelgandan so‘ng, «griffonlar» ketma-ket 19 ochko jamg‘arishga erishdi. Ushbu murabbiy qo‘l ostida A seriyada jamoa 10ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, faqatgina shulardan 1tasida mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rdi. Kubok bahsida ham «Yuventus» jamoasi ekstra taymlarda gol urib, «Jenoa»ni musobaqadan chiqarib yuborishdi. Bugun klub oldida yana bir jiddiy raqib «Inter» turibdi. Xo‘sh, bugun jamoa 7 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettira oladimi? Ushbu qarama-qarshilikning birinchi davradagi uchrashuvida «Jenoa» o‘z maydonida «neradzurri»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. Ushbu bahsda Lukaku va D'Ambrozio kabi o‘yinchilar gol urishgan. O‘tgan turda «Luiji Ferraris» stadionida «Verona» jamoasini qabul qilgan «griffonlar» 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Mazkur bahs teng kurashlar ostida kechdi, ammo veronaliklar «Jenoa»ni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Uchrashuvdagi hisobni 17 - daqiqada mehmonlar ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim avvalida Eldor Shomurodov hisobni tenglashtirishga erishdi. Кeyinchalik «Verona» jamoasi yarim himoyachisi Marko Faraoni yana jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘ngi soniyalari o‘tayotgan bir paytda, Milan Badel ajoyib zarba bilan hisobni tenglashtirishga erishdi.
«Jenoa»ning bugungi «Inter»ga qarshi uchrashuvi oldidan bir nechta yo‘qotishlari mavjud. Davide Biraske, Franchesko Kassata va Luka Pellegrini bugungi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Ammo bu futbolchilar Ballardinining ishongan o‘yinchilari bo‘lamaganligi sababli, bu kabi yo‘qotishlar jamoa o‘yiniga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

O‘zaro qarama qarshiliklar


Ushbu jamoalarning oxirgi 20ta o‘yinini tahlil qiladigan bo‘lsak, 13 marta milanliklar g‘alaba qozongan, 5ta uchrashuvda genuyaliklarning qo‘li baland kelgan. Ikki bahsda esa tomonlar durangga imzo chekishgan. «Neradzurrilar» o‘z maydonida kechgan oxirgi 7 uchrashrashuvdan beri, «Jenoa» ustidan g‘alaba qozonib kelmoqda. So‘ngi marta 2012/13 - yilgi mavsumda «griffonlar» Milandan ochko bilan ortga qaytishgan. Balki, bugun bu an’anaga barham berilar? Kuzatamiz......

Ehtimoliy tarkiblar


«Inter» (3-5-2): Xandanovich, Shkrinyar, Bastoni, de Vrey, Eshli Yang, Brozovich, Barella, Vidal, Perishich, Lukaku, Martines.


«Jenoa» (3-5-2): Perin, Krishto, Radovanovich, Massyelo, Zappakosta, Badel, Zays, Strotman, Chiborra, Shomurodov, Destro.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, «Inter» va «Jenoa» bahsi qiziqarli kechishi tayin. Chunki, chempionlik uchun harakat qilayotgan maydon egalarini faqatgina g‘alaba qanoatlantiradi. «Jenoa» esa xalqaro maydonlar uchun harakat qilayotganini o‘z o‘yinlari orqali yashirmayapti. Qolaversa, mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirishini ham xohlashayotgani tayin. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi qiziqarli bahs, Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

 

Jamshidjon Mahmudov Tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:59, 28.02.2021.
O'qildi: 4160 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.