Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

O‘FA mas’ul xodimlari Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi

O‘FA mas’ul xodimlari Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida futbol sohasida bevosita faoliyat olib boradigan shaxslar tomonidan totalizator o‘ynash, o‘yinga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishilgan o‘yinlar uyushtirish, ularda ishtirok etish jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilishi masalasiga alohida urg‘u berilgan.

Shu boisdan 2021 yilgi futbol mavsumi starti oldidan kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash mavzusida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, O‘FA ishchi guruhi bugun Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, futbolchi va murabbiylar hamda futbol hakamlari, nazoratchilar va futbolga aloqador mutaxassislar bilan davra suhbati tashkil etdi.

Shuningdek, ishchi guruh vakillari Xorazm viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti F. Ermanov bilan uchrashdi. Mutasaddilar kelajakda viloyat futbolini yanada rivojlantirish borasida fikr-mulohazalar olib bordi.

Uchrashuv yakunida F. Ermanovning viloyatda futbolni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirayotgan tashabbusi qadrlanib, O‘FAning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘FA mas’ul mutaxassislari Urganch shahrida joylashgan o‘yingohning hozirgi holati bilan ham tanishib, yaratib berilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:13, 28.02.2021.
O'qildi: 2018 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик