Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Belarusda o‘ndan ortiq futbol klubining muxlislari mamlakatdagi siyosiy vaziyatdan noroziligini bildirib, o‘z jamoalari o‘yinini boykot qildi

Belarusda o‘ndan ortiq futbol klubining muxlislari mamlakatdagi siyosiy vaziyatdan noroziligini bildirib, o‘z jamoalari o‘yinini boykot qildi

Baho:
+ | -

Bir nechta Belarus klubining muxlislari o‘z jamoalari o‘yiniga borishdan bosh tortganini e’lon qildi.

BATE, «Shaxtyor Soligorsk», «Slusk, «Neman», «Molodechno», «Vitebsk», «Minsk», «Torpedo Belaz», «Torpedo Minsk» va «Dinamo Brest» klublari muxlislari boykot e’lon qilgan. Bunga sabab sifatida mamlakatdagi siyosiy vaziyat ko‘rsatilgan.

"Biz, «Shaxtyor» fan-klubi vakillari mamlakatdagi vaziyatdan tashvishdamiz. Hech kim qotillik va zo‘ravonlik uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmayapti, sudyalar konstitusiya va qonunlarga tupurmoqda, tizim esa inson hayoti hamda taqdirini bir pulga olmayapti.

Biz jamoani stadiondan faol qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatamiz. Biroq yigitlar, shuni biling — biz har doim yoningizdamiz! «Jive Belarus!», — deyiladi «Shaxtyor Soligorsk» muxlislari murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil avgustda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin mamlakatda ommaviy norozilik kayfiyati yuzaga keldi. Belarusda avgust oyida norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar bo‘lib o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, BATE safida Shahboz Umarov, «Shaxtyor Soligorsk»da esa Shahzod Ubaydullayev kabi o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p suradi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:33, 01.03.2021.
O'qildi: 1655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик