Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Namangan viloyati hokimi «Navbahor» muxlislari bilan uchrashdi

Namangan viloyati hokimi «Navbahor» muxlislari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Bugun “Navbahor” o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Markaziy” o‘yingoh foyesida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, Namangan shahar hokimi G‘ofurjon Orifjonovich Jamalov, “Navbahor” PFK va “Markaziy” o‘yingoh rahbariyati, xodimlari, “Navbahor” jamoasi murabbiylar shtabi, “Navbahor” fan-klubi, shuningdek, jamoaning faxriy, ashaddiy, sadoqatli hamda fidoyi muxlislari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti  Shavkat Abdurazzoqov  yig‘ilganlarni tez kunlar ichida start oladigan yangi – 2021 yilgi futbol mavsumi bilan tabriklab,  bo‘lajak mavsumda “Navbahor”ga omad yor bo‘lishini tiladi.

Shundan so‘ng, Shavkat Shokirjanovich “Navbahor” klubi strukturasi o‘zgarishini aytib, shu kungacha klubda vise-prezident lavozimida faoliyat olib borgan  Otabek Arifovich Samatovni klub prezidenti etib tayinladi. Viloyatimiz rahbari ushbu qarorini Otabek Samatovning sobiq futbolchi bo‘lganligi, futbolni teran tushunishi bilan izohladi.

Shuningdek, shu kungacha “Odil Junior” futbol maktabida faoliyat yuritayotgan Akmal Sohibov ham “Navbahor” PFKda ish boshlaydigan bo‘ldi.  

Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov shuningdek, “Navbahor” klubi uchun yangi, zamonaviy avtobus xarid qilinganligi va avtobus tez kunlar ichida Namanganga yetib kelishi, muxlislar yangi mavsumda jamoani munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishlari lozimligini ta’kidladi.

Yig‘ilish davomida muxlislar Shavkat Abdurazzoqovga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, o‘z takliflarini bildirishdi.

Viloyatimiz rahbari muxlislarning savollariga javob bergan holda, takliflarning o‘rganib chiqilishini aytib o‘tdi.

“Navbahor” bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov yangi mavsumda jamoa hujumkor o‘yin namoyish etishi, maqsad har bir o‘yinda g‘alaba qozonish ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilish so‘nggida faxriy muxlislar yangi mavsumda “Navbahor”ga omad yor bo‘lishi, jamoa sovrindorlar safidan o‘rin olishi tilagan holda, duo qilishdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:00, 02.03.2021.
O'qildi: 2097 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик