Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

O‘zbekiston Superkubogi prevyusi. "Paxtakor" - "Nasaf"

O‘zbekiston Superkubogi prevyusi. "Paxtakor" - "Nasaf"

Baho:
+ | -

6 mart kuni "Sherlar" Samarqandda "Nasaf" bilan O‘zbekiston Superkubogi o‘yinida maydonga tushadi.

Hozirga qadar jamoamiz superkubokda uch bor maydonga tushib, ularda mag‘lubiyatga uchragan. 1999 yil "Navbahor", 2015 yil "Lokomotiv" va 2016 yil "Nasaf"ga imkoniyat boy berilgan. "Paxtakor" g‘alaba qozongan taqdirda O‘zbekistonda barcha musobaqalarda zafar quchgan birinchi jamoaga aylanadi. Shu sababli jamoamiz mazkur o‘yinda bor imkoniyatini ishga solishga intiladi. Superkubokdagi uchrashuv bosh murabbiy Piter Xyuistra uchun rasmiy debyut bo‘ladi.

Mazkur bahsni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Timur Gaynulin yordam berishadi. Zaxira hakami vazifasini esa Rahimbek Karimov bajaradi. Uchrashuv nazoratchisi Bobur Haydarov bo‘lsa, Jahongir Rahmatullayev komissar etib tayinlangan. Agishev hozirgacha Superkubok o‘yinlarida hakamlik qilmagan.

"Paxtakor" va "Nasaf" o‘rtasidagi bellashuv 6 mart, shanba kuni Samarqanddagi "Dinamo" stadionida soat 16:00da boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 21:08, 04.03.2021.
O'qildi: 3770 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик