Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

«Neftchi» mavsumoldi taqdimotini o‘tkazdi: jamoa o‘z oldiga Superligaga qaytish vazifasini qo‘ydi

«Neftchi» mavsumoldi taqdimotini o‘tkazdi: jamoa o‘z oldiga Superligaga qaytish vazifasini qo‘ydi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati arafasida “Neftchi” klubining mavsumoldi taqdimoti o‘tkazildi. Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi Teatr va konsert saroyida tashkil etilgan tadbirda viloyat futbol federasiyasi mutasaddilari, klub rahbarlari, futbolchilar, fan klubi a’zolari, muxlislar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar qatnashdi.

Taqdimot marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyatida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini aytib o‘tdi. Ayniqsa, professional futbol klublarini shakllantirish, mazkur sport turini haqiqiy millionlar o‘yiniga aylantirish, istiqbolli va iqtidorli yosh futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish muhim vazifaga aylanganini ta’kidladi.

Joriy yilgi milliy chempionatning Superliga va Proligasida “Qo‘qon-1912”, “Turon“, “Neftchi”, “Istiqlol” jamoalari viloyat sharafini himoya qiladi. Viloyat hokimligi, viloyat futbol federasiyasi, hokimliklar, sohaga daxldor boshqarmalar tomonidan professional futbol klublarining ichki va xalqaro musobaqalarda qatnashishlari uchun reglament bo‘yicha qanday qoida va talablar qo‘yilgan bo‘lsa, ularni joriy etish, taalluqli sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Viloyatda sifatli sport zaxirasini shakllantirish bosh maqsad qilib qo‘yilgan.

Tadbirda “Neftchi” bosh murabbiyi Ilhomjon Mo‘minjonov so‘zga chiqib, e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar uchun viloyat hokimiga, homiy tashkilotlarga jamoa minnatdorchiligini bildirdi. Bu yil komanda o‘z oldiga Superligaga chiqish vazifasini qat’iy qo‘yganini, buning uchun, avvalo tartib-intizomni mustahkalash va jamoa tarkibini kuchaytirish borasida murabbiylar shtabi tashkiliy chora-tadbirlarni olib borayotganini aytib o‘tdi.

– “Neftchi” futbol klubining moddiy-texnik bazasi mavjud, endi uni yanada mustahkamlash, zamonaviylashtirish kabi vazifalar oldimizda turibdi. Eng asosiysi, bu yil yana chiroyli o‘yinlarimiz bilan muxlislarni quvontiramiz, ularning ishonchini oqlaymiz, — dedi Ilhomjon Mo‘minjonov.

Taqdimot marosimida “Neftchi” PFK murabbiylari shtabi, mavsumda maydonga tushadigan futbolchilar, shu jumladan, tarkibga kelib qo‘shilgan legionerlar, jamoa libosi va «Neftchi» PFK yangi logotipi bilan tanishtirildi.

Shundan so‘ng jamoaga yangi taklif etilgan futbolchilarning rasmiy tanishtiruv marosimi tashkil etildi. Quyida 2021 yilgi PRO-Liga musobaqalarida ishtirok etadigan "Neftchi" futbolchilarning to‘liq ro‘yxati keltirilgan:

Darvozabonlar: 1. Mashhurjon Muhammadjonov (Nasaf), 12. Shuhratillo Rahmonov, 45.Akbar To‘rayev.

Himoyachilar: 18. Saydullo Rahmatov (AGMK), 22. Umar Adhamzoda (Neftchi), 18.SHavkat Mullajonov (So‘g‘diyona), 33.Tohirjon Shamsitdinov (Navbahor), 2.Akmal Shorahmedov, 4. Shodiyor Hojimatov, 5.Darko Stanoyevich (Loznisa), 44. Darko Stanoyevich (Surxon).

Yarim himoyachilar: 8.Islombek Karimov, 17.Abdulloh Olimov, 7.Sobit Sindarov (Qo‘qon-1912), 6.Xudoyshukur Sattorov (Metallurg), 21.A’zamjon Aliyev (Surxon), 14.SHerzod Karimov (Surxon), 11.Izzatilla Abdullayev (Buxoro), 10.Sardor Abdunabiyev (AGMK), 77.Jasurbek Abdulbekov (Bunyodkor), 71.Ruslan Ro‘ziyev (Paxtakor).

Hujumchilar: 25.Sarvar Soliyev, (Surxon), 91.Marko Obradovich (Oqjetpes), 9.Otabek Zokirov (Neftchi), 99.Ulug‘bek Hoshimov (Paxtakor), 13.Abdul Aziz Yusupov (Lokomotiv).

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 21:56, 05.03.2021.
O'qildi: 3436 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.